07:40 / 23.05.2024
7543

Tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin 

O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 23-26 may kunlari yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. 

Foto: Kun.uz

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, shu kunlari momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. 

23 mayda cho‘l hududlarda, 24-26 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

Kutilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli 23-26 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarning suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Top