Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pul evaziga til sertifikatini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Ikkita holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
![](https://storage.kun.uz/source/10/N788Coxi-OW3EPFXohO3C41qtMdiYlDh.jpg)
Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Buxoro va Qoraqalpog‘istonda pul evaziga til sertifikatini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangan.
Jumladan, departamentning Buxoro tuman bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘qituvchisi Sh.Sh. fuqaro M.J.ga tanishlari orqali “Milliy til sertifikati”ni olib berishi evaziga 2 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.O. fuqaro A.B.ni tanishlari yordamida “TOEFL iBT” nomli "S1 " sertifikatini olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazib berishi evaziga 1 800 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/QRbXAe_HY4jULGRPU95mp_luUt8NBoGC_medium.jpg)
07:32 / 20.07.2024
Salkam 4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaliklari aniqlandi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/XaoAtqqg4wCxfSWUoj2OHiJm14qrjUYU_medium.jpg)
10:11 / 19.07.2024
Toshkent-Buxoro yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/rZL0o5ly_uVZs-8oc8zona6AlzvorsrB_medium.jpg)
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
![](https://storage.kun.uz/source/thumbnails/_medium/10/QweLktD40L36D8gVCU5Ku24Ukgg1xD44_medium.jpg)
07:33 / 16.07.2024