08:18 / 27.05.2024
1828

Gitanas Nauseda Litva prezidenti etib qayta saylandi

Saylov komissiyasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Litvaning amaldagi prezidenti Nauseda prezidentlik saylovlarida 75 foizga yaqin ovoz to‘pladi. Uning raqibi, bosh vazir Shimonite mag‘lubiyatini tan oldi.

Foto: P. Peleckio/BNS nuotr

Litvadagi prezidentlik saylovlarida ikkinchi turda mamlakatning amaldagi prezidenti, 60 yoshli Gitanas Nauseda g‘alaba qozondi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, u 75 foizga yaqin ovoz to‘plamoqda, deb xabar berdi Litva saylov komissiyasi 27 may, dushanbaga o‘tar kechasi. 

Nausedaning ikkinchi turdagi raqibi, 49 yoshli bosh vazir Ingrida Shimonite allaqachon mag‘lubiyatini tan olgan. «Men Litvaning saylangan prezidentini tabriklayman», - deya uning so‘zlarini keltiradi AFP. 

Ikki hafta oldingi saylovlarning birinchi bosqichida Nauseda 44 foiz, Shimonite 20 foiz ovoz olgan.

Kampaniyaning asosiy mavzusi

Prezidentlik poygasining asosiy mavzusi urush va uning Litva milliy xavfsizligi uchun oqibatlari bo‘ldi. Nauseda Ukraina tarafdori sifatida nom qozongan. 

Litva prezidentining asosiy vakolatlari tashqi siyosat va xavfsizlik sohasidadir. Nauseda, Shimonite singari, Yevropadagi xavfsizlik vaziyatining o‘zgarishi fonida Litvada besh minggacha askardan iborat Bundesver brigadasini tezroq joylashtirishni talab qilmoqda. 

Mavzuga oid
Top