Jahon | 21:30 / 28.05.2024
15547
4 daqiqa o‘qiladi

Putin Ukrainaga g‘arb qurollari bilan Rossiyaga zarba berish uchun ruxsat tegishi yuzasidan fikr bildirdi

Rossiya prezidenti NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenbergning Ukraina tomonidan g‘arb qurollarini Rossiya hududida joylashgan nishonlarga qarshi ishlatishga taqiq olib tashlanishi haqidagi so‘zlariga izoh bildirdi.

Foto: kremlin.ru

«Agar u [Stoltenberg] Rossiya hududiga uzoq masofaga ucha oladigan yuqori aniqlikdagi qurollar bilan zarba berish imkoniyat haqida gapirayotgan bo‘lsa, garchi u oddiy fuqaro bo‘lsa ham harbiy-siyosiy tashkilotni boshqarayotgan inson sifatida uzoq masofalarga ucha oladigan yuqori aniqlikdagi qurollardan kosmik razvedka vositalarisiz foydalanib bo‘lmasligini bilishi kerak», — degan Putin O‘zbekistonga tashrifi yakunlarida jurnalistlarga.

Rossiya prezidentiga ko‘ra, Storm Shadow zarbdor tizimlari bilan bog‘liq holatda nishonli tanlash va parvoz vazifasi «ukrainalik harbiy xizmatchilarning biror ishtirokisiz» amalga oshiriladi.

«Bularni kim qiladi unda? Bularni o‘sha zarbdor tizimlarni ishlab chiqarayotgan va ularni go‘yoki Ukrainaga yetkazib berayotganlar amalga oshirishadi. Bu ishlar ukrainalik harbiy xizmatchilarning mutlaqo ishtirokiz amalga oshirilishi mumkin, shunday bo‘lyapti ham», — degan Rossiya yetakchisi.

«Nima demoqchiman. NATO mamlakatlarining bu vakillari, ayniqsa Yevropadagilar, ayniqsa kichik davlatdagilar, umuman, nima bilan o‘ynashayotgani borasida o‘zlariga hisob berishlari lozim. Ular hududi uncha katta bo‘lmagan, aholisi zich joylashgan davlat ekanliklarini esdan chiqarmasligi kerak. Bu — Rossiya hududining ichkarisiga zarba berish haqida gapirishdan avval ular inobatga olishi lozim bo‘lgan omil», — degan Putin.

NATO Bosh kotibi Yyens Stoltenberg bugun Belgiya poytaxti Bryusselda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari bilan uchrashuv olidan Ukraina G‘arb tomonidan yetkazib berilayotgan qurollardan Rossiya hududidagi «legitim nishonlar»ga zarba berish imkoniyatga ega bo‘lishi, aks holda Ukraina qurolli kuchlarining qo‘llari bog‘liq bo‘lishi va ular samarali himoyalana olmasligi haqida aytib o‘tgan.

NATO bosh kotibi ushbu cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish fursati yetganini ta’kidlagan.

Yevropa Ittifoqining xalqaro ishlar va xavfsizlik masalalari bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ham keyinroq bu masala haqida to‘xtalib o‘tgan.

«Biz Ukraina kuchlari tomonidan foydalanilayotgan g‘arb qurollarining Rossiya hududidagi harbiy obektlarga qarshi o‘zini himoya qilish maqsadida ishlatilishiga qarshi cheklovlarni olib tashlash, imkoniyatini muhokama qildik. Bu xalqaro huquq bo‘yicha qonuniy harakat hisoblanadi, agar undan me’yorida foydalanilsa.

Lekin bunday qarorni har bir mamlakat alohida chiqarishi kerak, alyans a’zosi bunga rozi bo‘lish yo bo‘lmaslik borasidagi majburiyatni mustaqil o‘z zimmasiga olishi kerak. Ayrim davlatlar qurol yetkazishga qarshi bo‘lishgan, so‘ngra ularning fikri o‘zgarib, bugunga kelib rozilik bildirishgan. Ular Ukrainaga yetkazilayotgan qurollarga cheklovni olib tashlashga ham rozi bo‘lmoqda. Lekin bu a’zo davlatning o‘z mustaqil qarori.

Hech kim Ukrainaga yetkazilgan qurollarga o‘rnatilgan taqiqni olib tashlashga davlani majburlashga haqli emas», — degan Borrel.

Mavzuga oid