09:30 / 30.05.2024
8350
Reklama

NestOne’da afsonaviy bokschi Floyd Mayvezer tomonidan yaratilgan xolding taqdimoti bo‘lib o‘tdi

28 may kuni Mayweather Fitness Holding Bosh direktori Jyeyms Uilyams ommaviy axborot vositalari vakillari, ishbilarmonlar va moliya institutlari ishtirokida xoldingning ochiq taqdimotini o‘tkazdi.

Mayweather Fitness Holding Mayweather brendi ostida Mayweather Boxing + Fitness fitness studiyalari franshizasi va Mayweather Supplemens franshizasi kabi sog‘lom turmush tarzi va fitnes franchayzalarini ishlab chiqadi.

Tadbirda elchixonalar, sog‘lom turmush tarzi va fitnes Milliy assotsiatsiyasi, SBO Insighs assotsiatsiyasi va biznes va investitsiya fondlarining boshqa taklif qilingan shaxslari vakillari ishtirok etishdi. 

Uchrashuvda xoldingning qarashlari va vazifalari, shuningdek, uning investitsiya salohiyati va franchayzing mahsulot shartlari aniqlandi.

Shuningdek, Mayweather Boxing + Fitness flagman studiyasining NestOne’da ochilishi e’lon qilindi. Bo‘lajak birinchi studiya va bo‘lajak hamkorlik sharafiga Jyeyms Uilyams Murod Nazarovga Floyd Mayvezer imzolagan boks qo‘lqopini sovg‘a qildi.

Jyeymsning ta’kidlashicha, aynan O‘zbekiston Markaziy Osiyoda xolding mahsulotlarini taqdim etishga tayyor bo‘lgan birinchi joyga aylanadi va NestOne’dagi bo‘lajak studiya butun Markaziy Osiyo uchun ko‘rgazma flagmani bo‘ladi. 

Xolding faoliyati, sheriklik imkoniyatlari va franchayzingni sotib olish to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot olish uchun Mayweather Fitness Holding’ning O‘zbekistondagi rasmiy vakili Olga Ni bilan bog‘lanish mumkin.👇

+998910022222,

E-mail: ni.olga@mayweatherfit.uz

Reklama huquqi asosida

Top