12:51 / 01.06.2024
36872

Kelgusi hafta boshida qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

«O‘zgidromet» 3-5 iyun kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 iyunda +19...+24 daraja, 4-5 iyunda +17...+22 daraja, kunduzi 3-4 iyunda +30...+35 daraja, 5 iyunda +32...+37 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18...+23 daraja, kunduzi +32...+37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +29...+34 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +33...+38 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 iyunda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +14...+19 daraja, kunduzi +30...+35 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 3 iyunda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4-5 iyunda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi +9...+14 daraja, kunduzi +19...+24 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid
Top