O‘zbekiston | 09:00 / 03.06.2024
3012
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

UZIME-2024 ko‘rgazmasida ishtirok etib iPhone 15 Pro’ga ega bo‘lish imkoniyati!

Foto: UZIME-2024

Alpha expo kompaniyasi O‘zbekiston respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Investitsiyalar, savdo va sanoat  vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan UZIME-2024 (Uzbekistan international machinery exhibition) Xalqaro qurilish, sanoat uskunalari, ishlab chiqarish, tog‘-kon metallurgiya va energetika ko‘rgazmasiga taklif qiladi!

UZIME-2024 ko‘rgazmasida Xitoy, Turkiya, Rossiya kabi turli mamlakatlardan 70 ga yaqin kompaniyalarning vakillari ishtirok etadi. Unda qurilish, sanoat uskunalari, ishlab chiqarish, tog‘-kon ishi va energetika bo‘yicha eng so‘nggi yutuqlar va innovatsiyalar namoyish etiladi.

Ko‘rgazmada ishtirok etib iPhone 15 Pro max sohibiga aylanish imkoniyati mavjud. Tashkilotchilar tomonidan ko‘rgazma davomida o‘tkaziladigan yutuqli o‘yinlarda tadbir ishtirokchilari va tashrif buyuruvchilar uchun qimmatbaho sovg‘alar taqdim etiladi.