O‘zbekiston | 07:30 / 08.06.2024
1623
1 daqiqa o‘qiladi

Elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro davlatga 126 mln so‘m zarar yetkazdi

Andijon viloyati Xonobod shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi. Bu haqda prokuratura departamenti xabar berdi. 

Foto: Prokuratura departamenti

Holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xonobod shahar bo‘limi tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan

Fuqaro U.X. avtomobillarni yuvish shoxobchasini tashkil etib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga yashirincha ulanib, jami 126 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid