10:48 / 08.06.2024
4729

O‘zbekistonda ilk bor jahonning ekstroklassdagi 10 nafar yetakchi shaxmatchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan xalqaro shaxmat musobaqasi boshlandi

Musobaqaning maqsadi mamlakatda shaxmat sportini yanada kengroq targ‘ib qilish va yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish.

O‘zbekistonda ilk bor jahonning ekstroklassdagi 10 nafar yetakchi shaxmatchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan, «UzChess Cup»—xalqaro shaxmat musobaqasining ochilish marosimi Yoshlar ishlari agentligi, Shakespear majmuasida bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqa Prezidentning 2023 yil 8 maydagi «2026 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. AloqaBank va Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilayotgan turnir har tomonlama qiziqarli bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lumot uchun, AloqaBank rasmiy ambassadori — Nodirbek Abdusattorov hisoblanadi. 

«UzChess Cup» — xalqaro shaxmat musobaqasi umumiy mukofot jamg‘armasi 166 000 AQSh dollar. Musobaqaning maqsadi mamlakatda shaxmat sportini yanada kengroq targ‘ib qilish va yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish, o‘zbekistonlik shaxmatchilarning bilim va tajribalarini yanada rivojlantirish, ularni munosib rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, havaskorlar va yosh shaxmatchilarning sport malakalarini oshirish.

Turnir uchta guruhda:

«Masters» guruhi FIDE reytingi 2700 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar;

«Challengers» guruhi FIDE reytingi 2600 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar;

«Futures» guruhi FIDE reytingi 2500 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.

«Masters» guruhida g‘olib va sovrindorlar qatoriga kira olmagan shaxmatchilar 5 000 dollar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. «Challengers» guruhida g‘olib va sovrindorlar qatoriga kira olmagan shaxmatchilar 2 000 dollar miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Turnir tashkilotchilari: Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Yoshlar ishlari agentligining «Uzchess» loyihasi

Turnir bosh homiylari: AloqaBank, Uzbekistan Airways

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top