Jahon | 17:19 / 12.06.2024
13424
7 daqiqa o‘qiladi

Xarkivda Rossiya qo‘shini yurish qilayotgan hududlardan qochqinlar qabul qilinmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 839-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Shveytsariyadagi tinchlik sammitida Rossiya qo‘shinini Ukrainadan olib chiqish masalasi muhokama etilmaydi — Rossiya bilan aloqalarni qo‘llayotgan davlatlar ishtiroki tufayli.
  • Mash va Baza manbalari Kupyanskning sobiq meri Gennadiy Matsegor shifoxonada vafot etganini xabar qildi, bir necha kun oldin unga suiqasd amalga oshirilgandi.
  • Oq uy Amerika qurollarini «Azov»ga yetkazib berishga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi. Bunday taqiq olti yil muqaddam joriy etilgandi.
  • Sobiq advokat va «Chto? Gde? Kogda?» o‘yini ishtirokchisi Ilya Novikov armiya to‘g‘risidagi «feyk» ishi bo‘yicha sirtdan sakkiz yarim yilliq qamoq jazosiga hukm qilindi.
  • Yevrokomissiya rahbari Ukraina iyul oyida Rossiya aktivlaridan daromad hisobidan bir yarim milliard yevro olishini ma’lum qildi. Bu mablag‘ning katta qismi qurol sotib olishga yo‘naltiriladi.
  • Rossiya mudofaa vazirligi Belarus ishtirokida yadrov kuchlar mashg‘ulotlarining ikkinchi qismi boshlanganini ma’lum qildi.
  • Shimoliy Osetiyada Su-34 samolyoti qulab tushdi. Ekipaj a’zolari halok bo‘lishgan.

Zelenskiy Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 11 iyun kuni Germaniyaga bordi. U GFR kansleri Olaf Shols va prezident Frank-Valter Shtaynmayyer bilan uchrashdi, parlamentda nutq so‘zladi va Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiyada qatnashdi. Zelenskiy tashrif chog‘ida Germaniya hukumati va xalqiga, shuningdek Ukrainaning boshqa ittifoqchilariga qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildirdi. 11 iyun kuni Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Ukraina ehtiyojlari uchun iyul oyidayoq Rossiyaning muzlatilgan aktivlari hisobidan 1,5 milliard yevro yo‘naltirilishini ma’lum qildi. Bu mablag‘ning 10 foizi Ukrainani tiklash uchun, qolgan qismi — mamlakat mudofaasi ehtiyojlariga yo‘naltiriladi.

Olaf Shols va Volodimir Zelenskiy Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya doirasida matbuot vakillari bilan uchrashuv oldidan
Ebrahim Noroozi / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi ukrain tankchilari

Donetsk oblastida Ukraina qurolli kuchlarining boshqa bo‘linmalari qatorida Yakov Gandzyuk (shoh armiyasi general-mayori bo‘lgan, Ukraina xalq respublikasini qo‘llagan va bolsheviklar tomonidan o‘ldirilgan) nomidagi 59-alohida motopiyodalar brigadasi ham jang qilmoqda. 59-motopiyodalar brigadasida T-72 tanklari mavjud.

SSSR davrida ishlab chiqilgan T-72 tanklari 1970-yillar boshidan 2000-yillargacha ishlab chiqarilgan — sovetlar ittifoqida ham (o‘tgan asrning oxirgi o‘n yilligida — Rossiyada), boshqa mamlakatlarda ham.
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
T-72 dunyoda eng ko‘p foydalaniladigan tanklardan biri edi. T-72 tankining takomillashtirilgan varianti hamon dunyoning ko‘plab mamlakatlari armiyalarida bor
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
T-72 tanklaridan Ukraina qurolli kuchlari ham, Ukrainaga bostirib kirgan rossiyalik harbiylar ham foydalanadi. OSINT-proyekti Oryx ma’lumotiga ko‘ra, Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan buyon Ukraina qurolli kuchlari turli modifikatsiyadagi T-72 tanklaridan 240 dan ortig‘ini yo‘qotgan. Proyekt baholashicha, Rossiya qo‘shinining T-72 tanklari borasidagi yo‘qotishlari turli modifikatsiyadagi 1450 tankdan oshadi  
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA
Tanklar dronlar qarshisida ojiz qolmoqda. Rossiya dronlari zarbasi xavfini kamaytirish uchun ukrainalik harbiylar T-72 ustiga to‘r o‘rnatishgan. Rossiya qo‘shini ham o‘z tanklarini «mangal»ga aylantirmoqda
Genya Savilov / AFP / Scanpix / LETA

Xarkiv oblastida insonparvarlik yordami tarqatilishi

Rossiya qo‘shini 10 may kuni Xarkiv oblastining chegaradosh rayonlarida yurish boshlagandi. Harbiy harakatlar hududida qolgan odamlar ko‘p hollarda zarbalar ostida evakuatsiya qilinmoqda. Xarkiv oblasti rahbari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya yurishi tufayli, 12 iyun holatiga ko‘ra, qariyb 12 ming kishi xavfli hududlardan olib chiqilgan. Bor-budidan ayrilgan qochqinlarning aksari Xarkivga joylashtirilmoqda, ularga davlat tuzilmalari, nodavlat tashkilotlar hamda BMT tuzilmalari yordam ko‘rsatmoqda.

May oyida BMT qochqinlar masalalari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi bosh koordinatori Aleksandr Mundt Xarkivga kelgandi . BMT yangiliklar xizmati uchun bergan intervyusida Mundt Xarkiv oblastida ko‘rganlarini shunday tasvirlagan: «Vaziyat chindan qo‘rqinchli, tinch aholi orasidagi qurbonlar shunchaki ta’riflab bo‘lmaydigan darajada».
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Uning so‘zlariga ko‘ra, evakuatsiya qilinganlarning ko‘pchiligi — «boshidan o‘tkazganlaridan butunlay dili vayron bo‘lgan» keksa yoshli yoki nogiron kishilardir
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«Ular titraydi, qo‘lida suv solingan chashkani bazo‘r tutib turadi. Ularning qalbi shu qadar jarohatlanganki, deyarli gapira olishmaydi. Ko‘z yoshlarimni tiya olmadim», — degan BMT rasmiysi
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mundtning qayd etishicha, ular endi hech qachon uyga qayta olmasligi, chunki ularning qishloqlari to‘liq vayron bo‘lgani
bu odamlar uchun vaziyatni yanada og‘irlashtiradi
Jose Colon / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Mavzuga oid