Jahon | 14:06 / 13.06.2024
1921
2 daqiqa o‘qiladi

Makron parlament saylovlari oldidan o‘z lageriga ittifoqchilar qidirmoqda

Iyun oyi oxirida Fransiyada muddatidan oldin parlament saylovlari boshlanadi. Emmanuel Makron mo‘’tadil kuchlar o‘ta o‘ng va o‘ta so‘llarning hokimiyat tepasiga kelishi oldini olish uchun birlashadi, deb umid qilmoqda.

Foto: Best Image / Backgrid / Vida Press

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron muddatidan oldin parlament saylovlari arafasida sotsial-demokratlar, konservatorlar va «yashillar»ni bo‘lajak hukumatni shakllantirish uchun o‘zining markazlashgan lageri bilan birlashishga chaqirdi. «O‘ng va so‘llarga aloqador bo‘lmaganlar bilan hamkorlik qilish istagi bor. Men hozir siyosiy hayotni shunday qayta shakllantirishga qat’iyat bilan chaqiraman», dedi u 12 iyun, chorshanba kuni Parijdagi matbuot anjumanida.

«Ishonchim komilki, sotsial-demokratlar, radikallar, ekologlar, xristian demokratlar, gollistlar va boshqa ko‘plab vatandoshlarimiz va siyosatchilar ekstremistik isitmaga berilmagan hamda hozirgi ko‘pchilik atrofida yetarlicha aniq o‘qni shakllantirishga qodir. Mamlakatni boshqarish uchun ushbu yirik siyosiy o‘yinchilar kerak», dedi Makron. 

So‘l va o‘ng radikalizm tahdidi 

Prezident, 9 iyun kuni kutilmaganda Milliy yig‘ilish tarqatib yuborilganidan so‘ng, o‘ta so‘l va o‘ta o‘ngdagi lagerlar tahdidi haqida ogohlantirdi. Uning ta’kidlashicha, bu bloklar hech bir muhim masala bo‘yicha yakdillikka ega emas va hukmron ko‘pchilikni shakllantira olmaydi.

«Men bugun prezidentlik ko‘pchiligini tashkil etuvchi siyosiy kuchlargina o‘ylangan, real va kelajakka yo‘naltirilgan hukumat loyihasini olg‘a sura olishiga qat’iy ishonaman», dedi Makron. 

Fransiya prezidenti 9 iyun oqshomida Yevropa parlamentiga bo‘lib o‘tgan saylovlarda liberal kuchlarning mag‘lubiyati va o‘ng qanot millatchilarning ishonchli g‘alabasiga javoban Milliy yig‘ilishni tarqatib yubordi hamda 30 iyun va 7 iyulga navbatdan tashqari parlament saylovlarini belgiladi. Makronning prezidentlik vakolati faqat 2027 yilda tugaydi.

Mavzuga oid