O‘zbekiston | 10:50 / 14.06.2024
4699
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi yozda boshlanishi mumkin

Bungacha liniya yotqizish ishlarini boshlash sanasi sifatida oktyabr oyi qayta-qayta tilga olingandi. 

Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi yaqin oylarda boshlanishi mumkin, deya xabar bermoqda Kloop Qirg‘iziston bosh vaziri Oqilbek Japarovga tayanib

Jo‘qorg‘i Keneshning 13 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida respublika hukumati rahbari avgust oyida uch davlat rahbarlarining uchrashuvi rejalashtirilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda ishlarning rasmiy boshlanishi marosimi bo‘lib o‘tadi. 

Japarovning ta’kidlashicha, o‘tgan hafta Xitoy, Qirg‘iziston va O‘zbekiston transport vazirlari liniya loyihasi bo‘yicha kelishuv imzolagan. Hujjat hamkorlik, jumladan, moliyalashtirishning asosiy tamoyillari va mexanizmlarini belgilaydi. 

«Nihoyat, mamlakatimizni yirik savdo-ishlab chiqarish markaziga aylantiruvchi loyiha amalga oshirila boshlandi», – dedi Japarov. 

6 iyun kuni O‘zbekiston Transport vazirligi rahbari Ilhom Mahkamov yaqin kelajakda davlatlar moliyalashtirish shartlarini belgilab beruvchi temiryo‘l bo‘yicha konsessiya shartnomasini tuzishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, tamal toshini oktyabr oyida qo‘yish rejalashtirilgan.

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham may oyida xuddi shunday muddatni belgilagan edi. Uning ta’kidlashicha, bo‘lajak liniya respublika uchun «dunyoga deraza»ga aylanadi.

Mavzuga oid