O‘zbekiston | 20:43 / 15.06.2024
12319
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Shu bilan prezidentning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni, muborak Qurbon hayiti arafasida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi.

Ziyorat chog‘ida Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Qayd qilinishicha, ulamolar bilan bo‘lgan suhbatda ilm-ma’rifat rivojiga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlarni vatanparvarlik va shukronalik, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.

Majmua hozirgi kunda yangidan barpo etilmoqda. Bu yerdagi qurilish-pardozlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan prezidentning Samarqandga tashrifi yakunlandi, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.

Mavzuga oid