Jahon | 09:06 / 15.06.2024
1849
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Ukraina va Moldova bilan muzokaralar boshlanish sanasini e’lon qildi

Ukraina va Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar 25 iyun kuni boshlanadi.

Foto: AP

Yevropa Ittifoqi kengashiga raislik qilayotgan Belgiya 14 iyun, juma kuni kechqurun Ukraina va Moldova bilan hukumatlararo konferensiyalar o‘tkazish sanasini e’lon qildi. Ular 25 iyunga belgilangan va ushbu nomzod mamlakatlarning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralar rasmiy boshlanishini anglatadi.

Bu haqda Belgiyaning YeI kengashidagi raisligi o‘zining rasmiy X akkauntida ma’lum qildi. «Elchilar Ukraina va Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi bo‘yicha muzokaralar asosi bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishdilar, - dedi Belgiya tomoni matbuot xizmati. - Biz bu so‘zni so‘nggi oylarda tez-tez ishlatdik, ammo bu yana bir tarixiy lahza va yana bizning Ukrainaga to‘liq va qat’iy sodiqligimizning aniq belgisidir».

7 iyun kuni Yevrokomissiya har ikki davlat ham Yevropa Ittifoqiga kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun zarur talablarni bajarganini ma’lum qildi. O‘shanda Yevropa komissiyasining baholashiga shubha qilgan yagona davlat Vengriya bo‘ldi. 

Mavzuga oid