O‘zbekiston | 10:05 / 17.06.2024
1890
1 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi O‘zbekistonda vakolatxonasini ochdi 

O‘zbekistonda Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining vakolatxonasi ochildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Ochilish marosimida IFAD prezidenti Alvaro Lario va O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovlar ishtirok etishdi.

IFAD dasturining O‘zbekistonning strategik imkoniyatlari bo‘yicha joriy mamlakat dasturi 2023−2027 yillarga mo‘ljallangan. U dastur doirasida O‘zbekiston hukumati bilan milliy va xalqaro qo‘shma moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan qiymati 250 million dollarga teng bo‘lgan ishchi dasturni amalga oshirish niyatida.

IFAD — xalqaro moliya instituti va BMTning maxsus muassasasi, u 1978 yilda tashkil etilgan. Jamg‘arma Rimda joylashgan bo‘lib, qishloq aholisiga sarmoya kiritadi va kambag‘allikni qisqartirish, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, ovqatlanishni yaxshilash va chidamlilikni kuchaytirish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Mavzuga oid