Jahon | 16:50 / 18.06.2024
9759
8 daqiqa o‘qiladi

Frontda futbol ko‘rayotgan jangchilar va Poltava o‘qqa tutilishi oqibatlari. Urush suratlari

Ukrainada urushning 845-kuni o‘tdi.

Ukraina milliy jamoaning Yevro-2024’dagi ilk o‘yinini tomosha qildi

Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati o‘tkazilmoqda va urush bo‘layotganiga qaramay, unga Ukraina milliy jamoasi ham yo‘llanma olgan. Rossiya bosqini tufayli jamoaning saralash bosqichidagi barcha uy uchrashuvlari Polsha va Germaniyada o‘tkazilgandi. Turnirdagi ilk o‘yin oldidan (bu o‘yin esa Ukraina milliy jamoasi uchun omadsiz kechdi) Ukraina futbol assotsiatsiyasi «bugungi kunda Ukrainani himoya qilayotgan barcha muxlislar»ga minnatdorchilik bildirdi. «Bir million muxlis jang maydonida ekani tufayli bir jamoa maydonda», — deya qayd etgan milliy futbol assotsiatsiyasi va shunday qo‘shimcha qilgan: «Biz bugun siz tufayli o‘ynay olyapmiz!» Ukrainlar milliy jamoasining Yevro-2024’dagi ilk o‘yinini Kiyevdagi barlarda ham, Donetsk oblastidagi front chizig‘ida joylashgan boshpanalarda ham kuzatdi.

Kiyevdagi barlardan biridagi muxlislar Ruminiyaga qarshi o‘yin boshlanishi arafasida Ukraina milliy madhiyasini tik turib eshitmoqda
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Maxym Marusenko / NurPhoto / Getty Images
Maxym Marusenko / NurPhoto / Getty Images
Lvivdagi yozgi verandalarda Ukraina milliy jamoasi o‘yini translatsiyasi yo‘lga qo‘yildi
Viacheslav Onyshchenko / Global Images Ukraine / Getty Images
Lvivda Ukraina milliy jamoasi o‘yinini kuzatayotgan muxlislar
Viacheslav Onyshchenko / Global Images Ukraine / Getty Images
Donetsk oblastini himoya qilayotgan ukrain harbiylari ham Ruminiya bilan o‘yinni kuzatishdi. Va natijadan hafsalasi pir bo‘lganini yashirishmadi
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Poltava oblasti o‘qqa tutilishi oqibatlari

Rossiya qo‘shini 17 iyun kuni Poltava bo‘ylab raketa zarbasi yo‘lladi. Region rahbari Filip Pronin bergan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 22 kishi, jumladan uch nafar bola tibbiy yordamga ehtiyoj sezgan. To‘qqiz kishi, ulardan ikki nafari bolalar, shifoxonaga yotqizilgan. Hududdagi 19 bino, jumladan to‘qqizta ko‘p qavatli uy shikastlangan. «Rossiya armiyasi qo‘lidan mutlaqo barcha jabrlanmoqda. Bolalar, katta yoshlilar, jonivorlar. Yerimizdagi bor tiriklik», — deya yozgan Pronin o‘z telegram-kanalida.

Raketa zarbasidan keyin garajlarda chiqqan yong‘inni o‘chirayotgan o‘t o‘chiruvchilar. 2024 yil 17 iyun
Lyubov Yemets / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Politsiyachi raketa zarbasidan keyin Poltava shahri aholisi vakillari bilan suhbatlashmoqda. 2024 yil 17 iyun
Lyubov Yemets / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Ko‘ngillilar yaralangan keksa yoshli ayolni evakuatsiya qilishga ko‘maklashmoqda. 2024 yil 17 iyun
Karina Popova / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images
Ukraina FVDXning raketa zarbasidan keyin garajlar hududida chiqqan yong‘inni o‘chirgan xodimlari. 2024 yil 17 iyun
Lyubov Yemets / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Donetsk atrofidagi ukrain harbiylari

Donetsk oblasti — bu urushdagi asosiy janglar bo‘lib o‘tayotgan hududdir. Front chizig‘idagi ukrainalik harbiylarda vaqtincha boshpanalarda o‘tkaziladigan qisqa muddatli nafas rostlash onlari bo‘ladi. Quyida keltiriladigan tasvirlar Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastida jang qilayotgan bo‘linmalaridan birining pozitsiyasida olingan.

Donetsk oblastidagi ukrain jangchilarining vaqtincha qarorgohida devorga ilingan shevronlari, kaska va ikona
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik jangchi kuchuk bolasi bilan.  Ko‘ngilli shifokor Yevgeniya Prokopenko UNIAN bilan suhbatda ko‘plab ukrainlar front chizig‘idagi jonivorlarning hayotini saqlab qolishga harakat qilishi haqida gapirgan. «Jangchilar ko‘zi yoshlangan holda aytishadi: „Olinglar, yordam beringlar“. Chunki ularning har biri allaqachon uyga 2-3 tadan jonivor yuborgan, kvartiralar, uylar esa — cho‘ziladigan rezina emas. Biz barchaga yordam berishga urinamiz», — degan Prokopenko va o‘zi ham yana bir harbiy shifokor bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan front chizig‘idan ikki yuzdan ortiq jonivorlarni olib chiqqanini qo‘shimcha qiladi.
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Chasiv Yar yaqinidagi barqarorlashtirish punkti

Chasiv Yar atrofida ham, Rossiya qo‘shini egallab olishga harakat qilayotgan boshqa shaharlar atrofida ham yaralangan ukrain jangchilariga harbiy shifokorlar yordam ko‘rsatishmoqda. Quyidagi fotolarda Donetsk oblastidagi barqarorlashtirish punktidagi ish faoliyati tasvirlangan.

Bunday punktlar maxsus qurilgan binoda ham (bunday «konstruktorlar»ni Ukrainaga Estoniya, Niderlandiya, Isroil va Norvegiya yetkazib bermoqda), bunga mos keladigan binoda ham joylashishi mumkin. Ammo ukrain mutaxassislari qayd etishicha, vayrongarchiliklar shu qadar kattaki, front yaqinida barqarorlashtirish punkti tiklash uchun mos joy topish oson emas.
Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Yaradorga u barqarorlashtirish punktiga yetkazib kelinishi bilanoq yordam ko‘rsatilishi muhim. Birinchidan, kuchli qon ketishidan u tez fursatda jon berishi mumkin. Ikkinchidan, u yaralangan joyidan o‘z vaqtida emas, ko‘pincha tun tushganida evakuatsiya qilinadi: aks holda yarador jangchini evakuatsiya qilmoqchi bo‘lganlarning hayoti ham xavf ostida qolishi mumkin.
Jose Colon / Anadolu / Getty Images
Barqarorlashtirish punktiga olib kelinganidan keyin bemorlar uch toifa bo‘yicha taqsimlanadi — holatining og‘irlik darajasiga qarab. Bunday saralash — eskidan amal qilinadigan konsepsiya bo‘lib, bu cheklangan resurslardan imkon qadar ko‘proq jangchining hayotini asrab qolishda foydalanishga imkon beradi.
Jose Colon / Anadolu / Getty Images

Ukraina sharqidagi ukrain jangchilari

Rossiya bosqinini qaytarishda ishtirok etayotgan ukrain bo‘linmalari qatorida 33-alohida mexanizatsiyalashgan brigada ham bor. Bo‘linma Ukrainaga harbiy yordam doirasida g‘arblik ittifoqchilar tomonidan yetkazib berilgan Leopard 2A4 tanklari bilan qurollangan.

33-alohida brigada jangchilari Leopard 2A4 tanklaridan birida «test-drayv» o‘tkazmoqda
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Leopard 2 1970-yillar oxirida Germaniyada ishlab chiqilib, ishlab chiqarilishi boshlangan. Bunday tanklardan jami 3,6 mingtasi ishlab chiqarilgan, bu miqdor Leopard 2A4 kabi modifikatsiya variantlarni ham o‘z ichiga oladi. Ittifoqchilar Ukrainaga dinamik himoya vositasiga ega va usiz tanklarni yetkazib bergan. Shuningdek, ukrainalik harbiylar o‘zlariga yuborilgan tanklarga mustaqil ravishda dinamik himoya o‘rnatgani haqida xabarlar bor.
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Bunday tank ekipaji to‘rt kishidan iborat bo‘ladi. Fotoda 33-brigadaning «Alximik» chaqiruv belgisiga ega jangchisi Leopard 2A4 tankida
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA
Alina Smutko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid