Jamiyat | 08:27 / 20.06.2024
4116
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda bog‘cha bolalarini olib ketayotgan avtomobil YTHga uchragani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qoraqalpog‘istonda bog‘cha bolalari bo‘lgan avtomobil YTHga uchragani oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan bola tan jarohati olgan.

Foto: Videodan kadr

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasining xabar berishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Jinoyat ishi doirasida yo‘l harakati qoidalariga rioya etmasdan Nexia avtomashinasida belgilanganidan ortiq yo‘lovchi tashigan S.G.ning hamda Gentra haydovchisi U.Q.ning harakatlariga qonuniy baho berilishi ta’minlanishi aytilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi tergovi ustidan prokuror nazorati o‘rnatilgan.

Mavzuga oid