O‘zbekiston | 09:59 / 24.06.2024
4739
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Buyuk Britaniya bilan hamkorlikda yangi davlat universiteti tashkil qilindi

Buyuk Britaniyaning ikki yetakchi universitetlari, Sanderland universiteti va De Montfort universiteti bilan hamkorlikda yangi xalqaro universitet – Farmatsevtika Texnik Universiteti tashkil etildi.

«Toshkent FarmaPark» innovatsion ilmiy ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri markazida qad rostlagan ushbu universitetning bosh maqsadi –tez o‘sib borayotgan va dolzarbligi tobora oshib borayotgan sohalar: farmatsevtika, kimyo va biotibbiyot yo‘nalishlarida xalqaro maydonda raqobatlasha oladigan mutaxassislarni yetishtirishdan iborat.

2024-2025 o‘quv yiliga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha arizalar qabul qilinmoqda:

•         Biokimyo – o‘qish davomiyligi 4 yil;

•         Biotibbiyot – o‘qish davomiyligi 4 yil;

•         Farmatsiya magistri – o‘qish davomiyligi 5 yil;

Farmatsevtika texnik universiteti – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 4574-sonli qarori bilan ta’sis etilgan davlat muassasasi hisoblanadi. Darslar to‘liq ingliz tilida xalqaro mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Bitiruvchilar yuqoridagi Britaniya universitetlarini diplomini qo‘lga kiritadilar.

Talablar:

•         IELTS sertifikati: eng kamida 5.5;

•         Maktab attestati yoki kollej/akademik litsey diplomi.

Hujjatlar quyidagi havola orqali onlayn qabul qilinmoqda: Pharmaceutical Technical University (pharmatechuni.uz)

Aloqa uchun:

+998 95-833-81-81

+998 99-950-80-80

Telegram: t.me/ptuuz

Veb-sayt: pharmatechuni.uz

Reklama