O‘zbekiston | 18:33 / 25.06.2024
21406
2 daqiqa o‘qiladi

Bir yildan ko‘p kutilgan kun – nodavlat oliygohning yurisprudensiya yo‘nalishiga litsenziya berildi

Yurisprudensiya yo‘nalishi bor nodavlat oliygohlardan biriga 22 iyun kuni OTFIV tomonidan litsenziya berildi. Kun.uz oldinroq “yurfak”larga litsenziya nega berilmayotgani haqida rasmiylardan izoh so‘rab, material e’lon qilgan edi.

2024 yilning 21 iyun kuni Toshkent shahrida joylashgan nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga litsenziya berildi. Oliygoh fakultetlari tarkibida yurisprudensiya yo‘nalishi ham bor. Kun.uz bu haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’uli bilan bog‘landi. Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash va faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi vakili Shavkat Qurbonov talabni bajargan nodavlat oliygohlarga litsenziya berilayotganini ma’lum qildi. “Yana bir nodavlat oliygoh ham shartlarni bajaryapti. Unga ham litsenziya berilishi kutilyapti”, – dedi u.

Ma’lumot uchun, 1 yildan ortiq vaqt davomida nodavlat oliy ta’lim muassasalari yurisprudensiya yo‘nalishiga litsenziya olishda qiyinchilikka duch kelayotgan edi.

Oldinroq, Kun.uzʼda nodavlat oliy ta’lim muassasalarining “yurfak”lari litsenziya ololmayotgani haqida material e’lon qilingan edi. Kun.uz OTFIVning Ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash va faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Dilshod Muydinov bilan bog‘lanib, holat bo‘yicha izoh olgandi. U yurisprudensiya yo‘nalishida o‘qitish uchun litsenziyaga hujjat topshirgan nodavlat oliy ta’lim muassasalari qonunchilikdagi litsenziya talablarini to‘liq bajara olmayotganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid