Jamiyat | 08:03 / 25.06.2024
2333
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda 590 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi 

Toshkent shahar Yunusobod tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament. 

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan Hududgaz Poytaxt gaz ta’minoti filiali xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, fuqaro Sh.B va boshqalar “Hasanboy” MFY hududida tijorat maqsadida tashkil etgan issiqxonani rezina shlang yordamida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga yashirincha ulab, jami 590,7 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid