Jahon | 17:55 / 28.06.2024
24726
5 daqiqa o‘qiladi

Boylarni rom etgan megapolislar. Forbes eng ko‘p milliarder yashaydigan shaharlar ro‘yxatini e’lon qildi

10 ta katta shaharda dunyodagi milliarderlarning deyarli to‘rtdan bir qismi istiqomat qiladi. Ularning umumiy boyligi 3 trillion dollarga teng.

2024 yilda dunyo milliarderlarning umumiy soni 2781 nafarga yetgan. Bu rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Barcha milliarderlarning deyarli to‘rtdan bir qismi oltita mamlakatning 10 ta shahrida yashaydi. AQShning Forbes jurnali dunyoning eng boy odamlarini jalb qilish markaziga aylangan megapolislar ro‘yxatini e’lon qildi.

Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Nyu-York egalladi. AQShning eng yirik shahrida 110 nafar milliarder istiqomat qiladi, ularning umumiy boyligi 694 milliard dollarga baholangan.

Nyu-York

Nyu-York ketma-ket 7 yil davomida milliarderlarning asosiy markazi bo‘lgan edi. 2021 yilda Pekin peshqadamlikni qo‘lga kiritdi. Ammo Xitoy yetakchiligi uzoqqa cho‘zilmadi. 2022 yilda Nyu-York birinchi o‘rinni qaytarib oldi va uni ushlab turibdi.

Ikkinchi va uchinchi pog‘onalarda Moskva va Hongkong joylashgan. Ushbu shaharlarning har birida 74 nafardan milliarder yashaydi. O‘tgan bir yil davomida Moskva va Hongkongda mega boylarning soni mos ravishda 12 va 4 nafarga oshgan. Rossiya poytaxtida milliarderlar sonining keskin o‘sishi 2022 yildagi iqtisodiy tanazzulning asta-sekin yumshab borayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Moskva
Hongkong

Mumbay ham o‘tgan yilgi reytingda 7-o‘rinni egallagan bo‘lsa, bu yil 4-o‘ringa sakrashga erishgan. O‘tgan davr mobaynida shaharda yashovchi milliarderlar soni 13 kishiga ko‘paygan.

Mumbay

Kuchli o‘ntalikdan o‘z o‘rnini yo‘qotgan shaharlardan biri Shenjyen bo‘ldi. O‘tgan yili ro‘yxatda 8-o‘rinni egallagan shaharda istiqomat qiluvchi milliarderlar soni 17 nafarga kamayib, Shenjyen 12-o‘ringacha tushib ketdi.

Joriy yilgi reytingda Forbes 2781 nafar milliarderdan 59 nafarining asosiy yashash joyini aniqlay olmagan.

Eng ko‘p milliarderlar yashaydigan shaharlar Forbes reytingida:

1. Nyu-York (AQSh)

Milliarderlar soni: 110

O‘tgan yilga nisbatan: qo‘shimcha 6 milliarder

Umumiy boyligi: 694 mlrd dollar

Eng boy rezident: Maykl Blumberg (Bloomberg axborot agentligi egasi, 106 mlrd dollar)

2. Moskva (Rossiya)

Milliarderlar soni: 74

O‘tgan yilga nisbatan: qo‘shimcha 12 milliarder

Umumiy boyligi: 378 mlrd dollar

Eng boy rezident: Vagit Alekperov (Lukoyl, 28,6 mlrd dollar)

3. Honkong (Xitoy)

Milliarderlar soni: 74

O‘tgan yilga nisbatan: qo‘shimcha 4 milliarder

Umumiy boyligi: 326 mlrd dollar

Eng boy rezident: Li Ka-shing (Cheung Kong Group, Hutchison Whampoa, 37,3 mlrd dollar)

4. Mumbay (Hindiston)

Milliarderlar soni: 69

O‘tgan yilga nisbatan: qo‘shimcha 13 milliarder

Umumiy boyligi: 379 mlrd dollar

Eng boy rezident: Mukesh Ambani (Reliance Industries, 116 mlrd dollar)

5. Pekin (Xitoy)

Milliarderlar soni: 63

O‘tgan yilga nisbatan: o‘zgarmagan

Umumiy boyligi: 211 mlrd dollar

Eng boy rezident: Chjan Imin (ByteDance (TikTok), 43,4 mlrd dollar)

6. London (Angliya)

Milliarderlar soni: 62

O‘tgan yilga nisbatan: minus 1 milliarder

Umumiy boyligi: 326 mlrd dollar

Eng boy rezident: Len Blavatnik (Warner Music Group, Access Industries Holdings, 32,1 mlrd dollar)

7. Shanxay (Xitoy)

Milliarderlar soni: 54

O‘tgan yilga nisbatan: minus 11 milliarder

Umumiy boyligi: 167 mlrd dollar

Eng boy rezident: Kolin Chjen Xuan (PPD Holdings, 38,9 mlrd dollar)

8. Los-Anjyeles (AQSh)

Milliarderlar soni: 53

O‘tgan yilga nisbatan: qo‘shimcha 19 milliarder

Umumiy boyligi: 222 mlrd dollar

Eng boy rezident: Jon Tu (Kingston Technology Corporation, 13,6 mlrd dollar)

9. Singapur

Milliarderlar soni: 52

O‘tgan yilga nisbatan: qo‘shimcha 6 milliarder

Umumiy boyligi: 156 mlrd dollar

Eng boy rezident: Eduardo Saverin (Meta, 28 milliard dollar)

10. San-Fransisko (AQSh)

Milliarderlar soni: 50

O‘tgan yilga nisbatan: qo‘shimcha 13 milliarder

Umumiy boyligi: 185 mlrd dollar

Eng boy rezident: Dastin Moskovitz (Asana, 18,3 mlrd dollar).

Mavzuga oid