Surxondaryoda somon qoldiqlarini yoqib yuborgan shaxs 18,6 mln so‘m jarimaga tortildi
Fermer xo‘jaligi ishchisi o‘zi ishlaydigan xo‘jalik yeridagi somon qoldiqlarini o‘zboshimchalik bilan yoqib yuborgan.

Foto: Ekologiya vazirligi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida somon qoldiqlarini yoqib yuborgan shaxs jarimaga tortilgan. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Jarqo‘rg‘on tumani Eskiqishloq mahallasida joylashgan «FAYZ-AB» fermer xo‘jaligi ishchisi xo‘jalikning g‘alla o‘rimidan bo‘shagan 10 gektar yerida somonpoya qoldiqlarini o‘zboshimchalik bilan yoqib yuborgan.
Aniqlangan holat bo‘yicha fuqaro M.N.ga nisbatan MJTKning 88-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Unga 18 mln 642 ming 234 so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Mavzuga oid

11:58
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi

08:56 / 19.05.2025