O‘zbekiston | 07:43 / 02.07.2024
1774
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ikki oyda qariyb 1200 ta oilaviy bog‘cha tashkil etildi

May-iyun oylarida respublika bo‘yicha eng ko‘p oilaviy bog‘cha Namangan viloyatida tashkil etilgan – 206 ta.

Foto: Kun.uz

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi may-iyun oylarida respublika bo‘yicha tashkil etilgan oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari haqida ma’lumot berdi.

Ushbu muddatda mamlakatda umumiy hisobda 1 155 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan. Eng ko‘p bog‘cha Namangan viloyatida ochilgan – 206 ta. Farg‘ona viloyatida 189 ta, Samarqand viloyatida esa 141 ta oilaviy bog‘cha tashkil etilgan.

Ushbu muddatda eng kam oilaviy bog‘cha tashkil etilgan hudud esa Qashqadaryo viloyati – 21 ta. Xorazm viloyatida 22 ta, aholi nisbatan kam yashaydigan hududlar – Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida mos ravishda 37 ta va 63 ta oilaviy bog‘cha ochilgan.  

Tumanlar kesimida Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on va Uychi tumanlari yetakchilik qilgan: ushbu hududlarda mos ravishda 36 ta va 35 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etilgan.

Mavzuga oid