Jahon | 10:06 / 02.07.2024
4467
1 daqiqa o‘qiladi

Trampni prezidentlik lavozimida sodir etgan rasmiy harakatlari uchun sudlab bo‘lmaydi - AQSh Oliy sudi

AQSh Oliy sudi dushanba kuni Donald Trampni u prezidentlik chog‘ida sodir etgan rasmiy xatti-harakatlari uchun javobgarlikka tortib bo‘lmasligi to‘g‘risida qaror chiqardi. Lekin xususiy ishlari uchun unga nisbatan chora ko‘rilishi mumkin, deb yozadi Reuters.

​​​​​​​Foto: Fox News

Shunday qilib, sudyalar uchtaga qarshi konservativ qanotning 6 ta ovozi bilan ustun holda, yana saylovga o‘z nomzodini qo‘ygan sobiq prezidentning uni 2020 yilgi saylovlardagi xatti-harakatlari uchun jinoiy ta’qib qilishdan immunitet taqdim etish to‘g‘risida noyabr oyida bergan talabnomasini rad etish to‘g‘risidagi quyi instansiya sudining qarorini bekor qilgan.

«Biz hokimiyat bo‘linishining konstitutsiyaviy strukturasiga asoslanib, prezidentlik hokimiyati tabiati sobiq prezident lavozimda bo‘lib turgan chog‘ida jinoiy javobgarlikka tortilishga nisbatan ma’lum bir immunitetga ega bo‘lishini taqozo etadi, degan xulosaga keldik», — deyiladi Oliy sud qarorida.

Endi Trampning ishi quyi instansiya sudiga ko‘rib chiqishni davom ettirish uchun jo‘natiladi, degan Oliy sud vakili.

Mavzuga oid