O‘zbekiston | 10:26 / 03.07.2024
1722
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda 6 oyda qancha oila yarashtirilgani ma’lum qilindi

2024 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 2 665 ta holatda uyga kiritish bilan bog‘liq nizolar hal etilgan. 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Saodat Boymirzayeva xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida “Oqila ayollar harakati” a’zolari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi, tegishli mutaxassislar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 120 688 ta oila o‘rganilgan. Ulardan 59 345 tasida nizolar bartaraf etilgan.

Shuningdek, 36 618 ta oila yarashtirilgan, 12 347 ta aliment, 2 665 ta uyga kiritish, 4 953 ta mol-mulk bilan bog‘liq nizolar hal etilgan. 2 ming nafar jarrohlik operatsiyasiga muhtoj xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish uchun Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan mablag‘ ajratish bo‘yicha Qo‘mita tomonidan yillik reja tasdiqlanib, aprel–iyun oylarida 735 nafar ehtiyojmand xotin-qizlar va bolalarning jarrohlik operatsiyasi va davolanishi uchun 10 mld so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan.

Mavzuga oid