O‘zbekiston | 21:47 / 03.07.2024
5480
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodda suv quvuridagi avariya oqibatlari bartaraf etilmoqda

Ichimlik suvi ta’minoti tiklangan, lekin ayrim uylar xavfsizlik nuqtayi nazaridan hamon elektr ta’minotisiz qolmoqda. Asfalt qoplamasini yangilash esa uch kun vaqt olishi ma’lum qilindi.

Avariya joyiga eng yaqin joylashgan uy hovlisida suv qolmagan. / Videodan kadr

Yunusobod tumanida magistral suv tarmog‘ida yuzaga kelgan avariya oqibatlari bartaraf etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi soat 20:00 da taqdim etgan axborotda ma’lum qilindi.

Xabar qilinishicha, ichimlik suvi ta’minoti tiklangan, yer ostidagi ishlar ham yakuniga yetgan. Voqea joyidagi asfalt qoplamasini tiklash esa ishlari davom etmoqda.

Hisob-kitobga ko‘ra, bu yerda 2300 kvadrat metr maydondagi asfalt qoplamasiga zarar yetgan. Ta’mirlash ishlarini Grand Road Tashkent kompaniyasi olib boradi, ishlar 3 kunda yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

Avvalroq suv ta’minoti korxonasi holatga elektr energiyasidagi uzilish sabab bo‘lganini bildirgan, Energetika vazirligi buni rad etgandi.

Mavzuga oid