Jahon | 17:35 / 04.07.2024
9385
9 daqiqa o‘qiladi

Dnipro yana o‘qqa tutildi, Donetsk oblastida Rossiya armiyasining yangi yurishi davom etmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 861-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligi Chasiv Yarning «Noviy» rayoni egallanganini e’lon qildi. Ukrainalik harbiylar shahar boy berilishi «yaqinlashdi» deb hisoblamoqda.
  • «Rosatom» ukrain dronlari Energodardagi nimstansiyaga hujum qilgani haqida xabar berdi. Sakkiz kishi jarohatlangan.
  • NATO mamlakatlari 2025 yilda Ukrainaga 40 milliard yevro ajratishga kelishgan, ammo Kiyevni ko‘plab yillar davomida qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan.
  • Rossiya Dniproga raketa va dronlar bilan hujum qildi. Olti kishi halok bo‘lgan va 50 dan ortiq kishi yaralangan. Katta ehtimol bilan, hujum nishoni «Yujmash» zavodi bo‘lgan.
  • Rossiya IIV Moskva oblastida o‘quvchilarga RF armiyasining Buchadagi jinoyatlari haqida so‘zlab bergan o‘qituvchi qidiruvga berilgani haqida e’lon qildi.
  • Bloomberg: Rossiya va Xitoy Shaheed namunasidagi dronlarni ishlab chiqmoqda.
  • Novorossiyskda dengiz dronlari hujumi to‘g‘risida xabar berildi. Rasmiylar plyajga kirish joylarini vaqtincha yopgan.
  • Politico: Tramp NATO Putin bilan kelishuvini nazarda tutuvchi rejani «o‘ylab ko‘rmoqda».

Dnipro o‘qqa tutilishi

Rossiya qo‘shini 3 iyul kuni Dnipro bo‘ylab raketa va pilotsiz uchish qurilmalari bilan zarba berdi. 50 dan ortiq kishi jarohatlangan, 4 iyul tongida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi halok bo‘lgan. Hudud rahbari Sergey Lisak 4 iyul Dnipropetrovsk oblastida qurbonlar xotirasiga motam kuni e’lon qildi.

Rossiya raketa zarbasi oqibatida Dniprodagi Apollo savdo markazi shikastlangan. Ushbu savdo markazi 2024 yil 29 dekabrida ham Rossiya raketasi hujumiga uchragandi, deb eslatadi «Interfaks-Ukraina». O‘shanda bino fasadi shikastlangandi
Dnipropetrovsk oblasti ma’muriyati / AFP / Scanpix / LETA
Dnipropetrovsk oblasti ma’muriyati / AFP / Scanpix / LETA
Dnipropetrovsk oblasti ma’muriyati / AFP / Scanpix / LETA
«So‘nggi haftalarda dushman butunlay aqldan ozdi va deyarli har kuni Dniproni bombardimon qilmoqda», — deya yozgan o‘z telegram-kanalida shahar meri Boris Filatov. «Men shunday zarbalardan keyin har safar voqea joyiga kelganimda, juda ko‘p kishilar bilan gaplashaman. Va barcha yagona mexanizm bo‘lib ishlayotganiga guvoh bo‘laman: politsiya, qutqaruvchilar, shifokorlar yelkama-yelka turib harakat qilishadi. Buning uchun biz ularning har biridan cheksiz minnatdormiz», — deya qayd etgan u.
Dnipropetrovsk oblasti ma’muriyati / Anadolu / Getty Images
Dnipro rahbari kommunal xizmatlarning zarba oqibatlarini bartaraf etishdagi xizmatlarini alohida e’tirof etadi. «Olomon orasida eskirgan to‘q sariq rangli nimchalari bilan ajralib turadigan „chumoli“ odamlar. Bo‘yinlari va qo‘llari shahar quyoshida qizargan kamtar ayollar. Hech qanday ishdan ajablanmay qo‘ygan toliqqan erkaklar. Hali [havo] trevogasi chalinib turganida, ular allaqachon ishga kirishadi. Parchalarni yig‘ishadi, singan oynalarni  supurib, hamma joyda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishadi. Bunday lahzalarda sen ular zimmasida qanchalik ko‘p yuk olib yurishganini aniq tushunasan», — deya yozadi Filatov
Dnipropetrovsk oblasti ma’muriyati / AFP / Scanpix / LETA
Rossiyaning Dnipro bo‘ylab zarbasi oqibatida ikki maktab va uchta bolalar bog‘chasi binosining derazalari to‘kilib tushgan, bolalar shifoxonasining jonlantirish bo‘limi joylashtirilgan binoga snaryad parchasi kelib tushgan, boshqa shifoxonada arxivxonada yong‘in chiqqan, deb xabar beradi shahar meri. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Dnipro bo‘ylab navbatdagi zarba haqida gapirarkan, «rossiyaliklar terrorini faqat ikki narsa — zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlari hamda uzoq masofaga harakatlanuvchi qurollar» to‘xtatishi mumkinligini aytgan.
Dnipropetrovsk oblasti ma’muriyati / AFP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi ukrain jangchilari

Rossiya armiyasi Donetsk atrofida yangi yurish boshlagan: avval qo‘shni Avdiyivka frontida harakatlangan yirik kuchlar Toretsk shahri (sobiq Dzerjinsk) tomon yurish boshlagan. Ukraina qurolli kuchlari jangchilari Rossiya qo‘shinlarining Donetsk oblastidagi hujumlarini qaytarmoqda. Ukrain harbiylari bunda boshqa texnikalar qatori g‘arb tomonidan yetkazib berilgan M113 rusumli zirhli transportyorlardan (BTR) foydalanmoqda.

Donetsk oblastidagi oldingi chiziqqa jo‘nab ketayotgan ukrain jangchilari M113 BTR oldida
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
M113 bortiga ekipajning ikki a’zosidan tashqari 11 kishidan iborat desant guruhini sig‘dira oladi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Iyun oyi boshida AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi doirasida yana kamida 200 dona M113 rusumli BTR yubormoqchi ekani ma’lum bo‘lgandi
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
M113 zirhli transportyori  — jahonda eng keng tarqalgan jangovar mashinalardan biridir. 1960-yillarda, ushbu BTRlarni seriyali ishlab chiqarish boshlanganida, turli modifikatsiyadagi 80 mingga yaqin shunday zirhli mashinalar ishlab chiqarilgan
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA

Xerson oblastida Rossiya armiyasi dron operatorlari

Ikki tomon ham turlicha dronlarni faol qo‘llashi — Ukrainadagi urushning alohida jihatidir. Pilotsiz uchish qurilmalari, jumladan FPV-dronlar operatorlarga jang maydonida nimalar bo‘layotganini jonli efirda kuzatish imkonini beradi. Dronlar razvedka ishlarini olib borishi ham, portlovchi qurilmalar tashlab, raqibga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarar yetkazishi ham mumkin. Quyidagi suratlarda RF qurolli kuchlarining Xerson oblastidagi dronlar operatorlari tasvirlangan.

Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia
Aleksey Konovalov / TASS / Profimedia

Belgorod o‘qqa tutilishi

Ukraina bilan chegaradosh sanalgan Belgorod oblasti rasmiylari mazkur hudud artilleriyadan o‘qqa tutilayotgani va dronlar hujumiga uchrayotgani to‘g‘risida deyarli har kuni xabar beradi va bunda Ukraina qurolli kuchlarini ayblaydi. 3 iyul kuni region rahbari Vyacheslav Gladkov Belgorod shahriga kirish joyida va to‘g‘ridan to‘g‘ri shahar ustida havo hujumidan mudofaa tizimlari «bir necha havo nishonlari»ni yo‘q qilgani haqida xabar bergan. Oskolkalar texnik xizmat ko‘rsatish stansiyasiga tushgan. Shinalar saqlangan omborda yong‘in boshlangan. Odamlar tezlik bilan binoni tark etgan, jarohatlanganlar yo‘q, deya ma’lum qilgan Gladkov.

Vyacheslav Gladkovning Telegram-kanali

Donetsk o‘qqa tutilishi

DXR nazorati ostida bo‘lgan Donetsk shahri ma’muriyati muntazam ravishda ukrain harbiylarini shaharni o‘qqa tutishda ayblab keladi. Eng ko‘p zarbalar shaharning g‘arbiy chekkasi hisoblangan va shahar markazidan ancha uzoqda joylashgan Petrovsk rayoniga to‘g‘ri keladi. 3 iyul kuni Donetsk ma’muriyati Petrovsk rayonida zarba oqibatida ikki kishi jarohatlanganini ma’lum qilgan.

Donetskda vayron bo‘lgan supermarket. 2024 yil 3 iyul
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskda zarbaga uchragan supermarketning savdo zali, DXR rasmiylari hujumda ukrain harbiylarini ayblagan. 2024 yil 3 iyul
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Donetskda vayron bo‘lgan supermarketda ishlayotgan qutqaruvchilar. 2024 yil 3 iyul
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid