O‘zbekiston | 11:14 / 04.07.2024
6555
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Qirg‘izistonning seldan zarar ko‘rgan hududiga insonparvarlik yordami yubordi

95 tonnalik insonparvarlik yordamida un, shakar, o‘simlik yog‘i boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bor.

Foto: Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi

3 iyul kuni O‘zbekiston Qirg‘izistonda seldan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sanjar Zuparov boshchiligida 95 tonnalik yuk manzilga yetkazilgan. Ularni Qirg‘iziston Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Oqilbek Mazaripov kutib olgan.

Qayd etilishicha, insonparvarlik yordamida un, shakar, o‘simlik yog‘i boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bor.

2024 yilning 28 iyun kuni Qirg‘izistonning Novqat tumanida kuchli sel oqimlari yuzaga kelgan. Sel toshqinlari oqibatida halok bo‘lganlar ham bor. Hozirda sel keltirgan talafotlar bartaraf etilmoqda.

Mavzuga oid