Jahon | 19:22 / 04.07.2024
19056
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya jahonning eng yirik 10 iqtisodiyoti ro‘yxatini tark etdi

Rubl qadrining tushishi agar xarid qobiliyati paritetida emas, absolyut dollarda hisoblansa, Rossiya jahonning eng yirik o‘n iqtisodiyotlari safidan chiqqan.

Foto: e-vid.ru

2023 yilda Rossiya iqtisodiyoti 3,6 foizga — jahon o‘rtacha darajasidan yuqoriroqqa o‘sgan, biroq rubl qadri tushib ketgani sababli uning dollardagi hajmi 10,8 foizga — 2,27 trln dollardan 2,02 trln.gacha qisqargan, deya baholamoqda Jahon banki. Natija Jahon banki reytingida Rossiya Italiya, Braziliya va Kanadani o‘tkazib, 8-o‘rindan 11-o‘ringa tushgan, garchi ularning iqtisodiyoti o‘tgan yil davomida sekinroq o‘sgan: mos ravishda 0,9, 2,9 va 1,1 foiz.

Xuddi shunga o‘xshash vaziyat Yaponiya bilan ham sodir bo‘lgan: iyena qurbi pasayishi tufayli u Germaniyani oldinga o‘tkazib, to‘rtinchi o‘ringa tushgan.

Bu reytingda juda katta farq bilan AQSh yetakchilik qilmoqda: dollarda Amerika iqtisodiyoti Xitoynikidan 33 foizga kattaroq: mos ravishda 27,4 trln va 17,8 trln.

Aholi jon boshiga taqsimlanganda Rossiyaning dollardagi daromadlari yanada qisqargan. 2022 yilda ko‘rsatkich 15 ming 445 dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda bu ko‘rsatkich 13 ming 817 dollarga teng bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rossiya jahonda 86-o‘ringa tushib ketgan (Meksika va Argentina o‘rtasida).

Rossiya so‘nggi 20 yil mobaynida jahonning eng yirik iqtisodiyotlari ro‘yxatida 8–10-o‘rinlarni egallab kelayotgan edi. Faqatgina navbatdagi krizis yoki devalvatsiya ro‘y berganida o‘nlikni tark etgan. Rossiya o‘z iqtisodiyoti shiddat bilan o‘sgan 2000-yillarning o‘rtalarida o‘nlikka kirgan. 2009 yilda chiqib ketib, krizisni yengib yana qaytgan. 2015 yilda yana o‘nlikni tark etgan. 2021 yilda Rossiya yana o‘nlikka qaytgan. 2022 yilda esa rubl qadrining anomal mustahkamlanishi hisobiga hattoki 8-o‘ringa ko‘tarilib olgan.

Mavzuga oid