Jamiyat | 09:34 / 04.07.2024
14420
1 daqiqa o‘qiladi

Sergelida tunda janjal sodir bo‘ldi. Gumondorlar ushlangan

Yarim tunda o‘zaro tanish bo‘lgan 5 kishi og‘zaki kelishmovchilik sababli janjallashib ketishgan. Ishtirokchilardan biri avtomobilini odamlar ustiga haydagan. 3 kishi jarohat olgan.

Foto: IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumani hududida ko‘p qavatli uy oldida bir nechta fuqaro janjallashayotganligi aks etgan video lavha tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, holat joriy yilning 3 iyul kuni taxminan soat 23:00larda Sergeli tumani Qo‘yliq-5 dahasida sodir bo‘lgan. O‘zaro tanish bo‘lgan K.F., B.A., T.J., F.R. va I.U. og‘zaki kelishmovchilik sababli janjallashib ketishgan. Janjal oqibatida uch kishi tibbiyot muassasasiga murojaat qilgan. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli. Vafot etgan yoki og‘ir jarohat olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondor shaxslar ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Mavzuga oid