Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştirişda davom etamiz.

Ğazodagi vaziyat

Isroil Rafahdan söng yana şimolroqqa Xon Yunus şahriga hujum boşladi. Isroil armiyasi şaharda köçirilgan insonlar yaşab turgan maktabga zarbalar bergan.

Mahalliy aholi va ommaviy axborot vositalari xodimlari Xon Yunus şahri markazidagi tibbiyot markaziga ham zarba berilgani, insonlar halok bölgani va yaralangani haqida xabar berişmoqda

Isroil falastinliklardan Xon Yunusni zudlik bilan tark etişni talab qilgan. Jumladan Yevropa şifoxonasi va uning atrofida yaşovçi aholidan zudlik bilan öz uylarini tark etiş söralgan. Garçi bu yerda uy deb atasa böladigan soğ binoning özi qolmagan bölsa-da.

Xon Yunusning şarqiy qismida yuzlab odamlar navbatdagi marta qöllarida omon qolgan mol-mulk bilan şaharning ğarbiy qismiga köçişga majbur bölişmoqda. Isroil okkupatsion armiyasi talabi yangragaç, yuzlab odamlar köçalarda tunaşga majbur bölişmoqda.

Uruşning 271-kuniga kelib, Ğazodagi qurbonlar soni 37 ming 953 nafarga yetdi. 87 ming 266 kişi yaralangan. Sönggi bir sutka 28 kişi öldirilgan va 125 kişi yarador qilingan.

Isroilning azaliy rejasi

WikiLeaks tomonidan Isroil razvedka vazirligining 2023 yil oktyabrdagi hujjatlari e’lon qilindi. Unda Ğazo sektoridagi barça falastinliklarni majburiy tarzda Misrga köçiriş rejasi haqida gap boradi.

«Isroil razvedka vazirligining tekşiruvdan ötgan 2023 yilning oktyabrdagi hujjatlari Ğazoning tinç aholisini Misrga köçiriş “ijobiy va uzoq muddatli strategik natijalarni ta’minlaşi”dan sözlaydi”, — deya bayonot bergan WikiLeaks.

Razvedka vazirligining mazmuni ötgan yiliyoq e’lon qilingan hujjatiga köra, Isroil armiyasiga falastinliklarni eksklavdan butunlay Sinay yarimoroliga quvib yuboriş va bu jarayonga xalqaro hamjamiyatni ham jalb etişga çorlov bor.

Ön sahifali hujjatda nazarda tutilişiça, AQŞ ham tilga olib ötilgan rejani amalga oşirişda sa’y-harakatlarini sarflaşi, Misr hududida “bir neça kilometrlik steril zona taşkil etiş va falastinliklarga Isroil çegarasi yaqinida yaşaşga yöl qöymaslik” tavsiya etilgan.