O‘zbekiston | 12:32 / 05.07.2024
3500
1 daqiqa o‘qiladi

“Ayritom” chegara bojxona postida qariyb 8 kg giyohvand modda to‘xtatib qolindi

Postga kirib kelgan yuk mashinasining xufiya joyiga 3 kg opiy hamda 4 kg 950 gr gashish yashirib qo‘yilgan bo‘lgan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining tezkor tuzilmalari tomonidan DXX xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Ayritom” chegara bojxona postining “kirish” avtopaviloniga kirib kelgan yuk mashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilgan. Mashinani ko‘zdan kechirilishi davomida kabinaning xufiya joyiga sariq rangli skotch bilan o‘ralgan 7 ta o‘ram yashirilganligi ma’lum bo‘lgan.

O‘ramlar ochib ko‘rilganida ulardan 3 tasining ichida jami 3 kg og‘irlikdagi opiy va qolgan 4 ta o‘ramda esa jami 4 kg 950 gr og‘irlikdagi gashish giyohvand moddasi borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid