Sport | 23:54 / 06.07.2024
2557
2 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2024. Angliya Shveytsariyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, uchinchi yarimfinalchiga aylandi

Foto: Getty Images

Yevropa chempionatida uchinchi yarimfinalchi aniqlandi. 

Angliya va Shveytsariya o‘rtasidagi bellashuvning asosiy vaqtida kuchlar teng keldi. Emboloning 75-daqiqadagi goliga 80-daqiqada Saka uzoq masofadan kiritgan to‘pi bilan javob berdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda darvozalar daxlsiz qoldi. Penaltilar seriyasida esa Pikford Akanjining zarbasini qaytarib, inglizlarni keyingi bosqichga olib chiqdi. 

Angliya 10 iyul kungi yarimfinalda Niderlandiya — Turkiya juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi. 

Yevro-2024. 1/4 final

Angliya — Shveytsariya 1:1

Penaltilar seriyasi — 5:3.

6 iyul, «Merkur Shpil-Arena»

Gollar: Saka (80) — Embolo (75).

Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Konsa (Palmer, 78), Trippiyer (Eze, 78), Rays, Foden (Aleksander-Arnold, 115), Bellinghem, Maynu (Shou, 78), Saka, Keyn (Touni, 109).

Shveytsariya – Zommer, Rodriges, Sher, Akanji, Ebisher (Siyerro, 118), Jaka, Froyler (Amduni, 118), Vargas (Vidmer, 64), Rider (Tsuber, 64), Ndoyye (Zakariyo, 98), Embolo (Shakiri, 109).

Ogohlantirishlar: Sher (32), Keyn (67), Vidmer (85).

Mavzuga oid