Jahon | 18:48 / 08.07.2024
11961
5 daqiqa o‘qiladi

Bolalar shifoxonasining jarrohlik va onkologiya bo‘limlari vayron bo‘lgan. Uylardan birining pod’yezdi qulagan

Rossiyaning Kiyev bo‘ylab raketa zarbalari oqibatlari suratlarda.

8 iyul tongida Rossiya armiyasi Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar yo‘lladi, Kiyev, Dnipro, Kriviy Rih, Slovyansk, Kramatorsk shaharlari tomon 40 dan ortiq raketa uchirilgan. Ukrain rasmiylariga ko‘ra, Kiyevda RF harbiylari fuqarolik infratuzilmalariga qasddan hujum qilgan. Shevchenkovo rayonida raketa «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi korpusiga urilib, jonlantirish, jarrohlik va onkologiya bo‘limlariga zarar yetkazgan. Shevchenkovo va Solomenskiy rayonlarida ikkita ko‘p qavatli binoga ham zarba kelib tushgan, ulardan birining pod’yezdi to‘liq qulab tushgan. Ukraina xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, «Oxmatdet» shifoxonasiga rossiyaliklarning X-101 raketasi bilan zarba berilgan. RF mudofaa vazirligi Kiyevdagi vayrongarchiliklar «ukrainlarning havo hujumidan mudofaa tizimi raketalari qulashi» oqibatida ro‘y berganini xabar qilgan. Rossiyaning Ukraina poytaxti bo‘ylab zarbalari oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘lgan, yana 41 kishi yaralangan. Shuningdek, Dnipro va Kriviy Rih bo‘ylab yo‘llangan zarbalar 11 kishini hayotdan olib ketgan.

Rossiya raketa zarbasidan keyin Kiyev ustida ko‘tarilgan tutun
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati  xodimlari Kiyevda zarba kelib tushgan joyda ishlamoqda
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevlik ayol Rossiya zarbasidan shikastlangan uy yaqinida
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
RFning «Oxmatdet» bolalar shifoxonasi korpusiga raketa zarbasi oqibatlari
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevliklar «Oxmatdet»ga zarba oqibatlarini bartaraf etishda yordam ko‘rsatmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kapelnitsaga ulangan bolalar «Oxmatdet» shifoxonasidan evakuatsiya qilinmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
«„Oxmatdet“ — nafaqat Ukrainadagi, balki Yevropadagi noyob bolalar shifoxonalaridan biri. „Oxmatdet“ minglab bolalarni qutqargan va salomatligini tiklagan», — deya yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy rossiyaliklarning Kiyevga hujumidan keyin.
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
«Oxmatdet» xodimlari vayron bo‘lgan shifoxona xarobalari oldida
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina hukumatiga ko‘ra, «Oxmatdet» korpusiga zarba berilishi oqibatida shifoxonaning jonlantirish, jarrohlik va onkologiya bo‘limlari shikastlangan.
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
«Oxmatdet» xodimlari xarobalarni tozalashga yordam bermoqda
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Xarobalar ostidan olib chiqilgan yarador ayolni olib ketayotgan qutqaruvchilar
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
«Oxmatdet» shifoxonasining Rossiya zarbasidan shikastlangan tibbiyot xonasi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
«Oxmatdet»da zarbadan shikastlangan jarrohlik xonasi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
«Oxmatdet» xodimlaridan biri
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Kiyevdagi shifoxona o‘qqa tutilishi vaqtida jarohatlangan bola
Foto: Ukraina prezidenti ofisi rahbarining kommunikatsiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi Darya Zarivna
Zarbaga uchragan shifoxona yaqinidagi ona va bola
Office of the President of Ukraine / Cover Images / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
«Oxmatdet» shifoxonasidan evakuatsiya qilinayotgan bemorlar
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevga raketa zarbalari yo‘llanishi vaqtida jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilishi
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Kiyev rayonlaridan birida RF qo‘shinlari zarbasi oqibatlari
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyevlik ayol shahar o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan qarindoshining jasadi yonida
Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Kiyev raketalar bilan o‘qqa tutilishi vaqtida yuzaga kelgan yong‘in
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA

Mavzuga oid