Jamiyat | 15:42 / 11.07.2024
4191
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda aholi yashash hududiga yaqin maydon yonib ketdi

Yong‘in oqibatida ochiq maydonda quruq o‘t yongan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari uni o‘chirishga 2 soatdan ko‘proq vaqt sarflagan.

Foto: Toshkent shahar FVB

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida aholi yashaydigan ko‘p qavatli uylarga tutash maydonda yong‘in chiqdi. Poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 11:52 da Yangihayot tumani, “Olchazor” MFY 10-hududda ochiq maydonda quruq o‘t yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 11:59 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:15 da o‘chirilgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ochiq maydonda quruq o‘t yongan. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Qo‘shimcha qilinishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Mavzuga oid