Reytingning keyingi örinlarida Samarqand 61,13 ball va Navoiy şahri 59,5 ball bilan mos ravişda 2-, va 3-örinlarni egalladi.

Ekologik barqaror şaharlar reytingi hududlarni 7ta yönalişda örganiş orqali tuzib çiqilgan. Bunda havo sifati, yerdan foydalaniş, transport, suv, çiqindi, sanitariya va energiya sohalari qamrab olingan. Oxirida umumiy reyting natijalari hisoblab çiqilgan. Umumiy reytingda eng yomon natijani Toşkent viloyatining Nurafşon şahri körsatgan bölsa ham, şahar eng toza havoli hudud deb topilgan.

Havo sifati böyiça ikkinçi va uçinçi örinni Samarqand va Urganç şaharlari egallagan. Eng yomon havo esa Termiz şahrida ekani qayd etilgan.

Yerdan foydalaniş tahlillarida Samarqand, Qarşi va Namangan şaharlari eng yuqori ballarni töplagan. Bu yönalişda eng past körsatkiçlar Nukus va Navoiy şaharlariga tegişli. Reyting örganişlari şaharda yaşil hudud, boğlar va parklar kişi boşiga qança töğri kelişi, aholining ziçligi va şaharda oğir sanoat qançalik yoyilgani kabi talablar asosida olib borilgan.

Şuni alohida ta’kidlaş kerakki, boşqa yönalişlardan farqli ravişda yerdan foydalaniş darajasi respublika şaharlarining aksarida juda yomon ekani qayd etilgan.

Transport sohasida esa kişi boşiga neçta transport töğri kelişi, şaharning transport strategiyasi va yölda maşinalar tiqinining qançalik hal qilingani masalalari örganilgan. Bunda Top 3talikka Andijon, Qarşi va Nukus şaharlari kiritilgan. Toşkent şahri esa transport eng yomon taşkillaştirilgan şahar deb topilgan.

Reytingning 4-yönalişi şaharda kişi boşiga qança suv töğri kelişi, qançasi isrof qilib yuborilayotgani, suvni yaxşilaşga oid şahar me’yorlari, çiqindi suvdan foydalaniş çora-tadbirlari kabilarni qamrab oladi. Buni nisbatan yaxşi taşkillaştirgan şaharlar sifatida Termiz, Andijon va Namangan şaharlari körsatilgan.

Çiqindilarni yiğiş, kömiş va ularni qayta işlaş sohalarida esa Nukus şahri 8,59 ball bilan eng yaxşisi deb topilgan. Eng yomon ahvol esa Buxoro şahrida. Şaharda çiqindilarni yiğiş va uning atrof-muhitga ta’sirini minimallaştiriş böyiça harakatlar 0 ball deb baholangan.