Myanma BRIKSga qo‘shilish niyatida ekanini ma’lum qildi
Mamlakat axborot vazirining so‘zlariga ko‘ra, Myanma Qozonda o‘tkaziladigan BRIKS sammitida ishtirok etishga qiziqish bildirgan, ammo hozircha rasmiy taklif olmagan.
Myanma hukumati BRIKS bo‘yicha kuzatuvchi maqomini olishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda respublika axborot vaziri Maun Maun On ma’lum qildi.
«Biz to‘liq a’zoliksiz kuzatuvchi davlat maqomida birlashish niyatidamiz. Kelajakda tashkilotning to‘liq a’zoligiga ariza berish rejamiz ham bor. Mintaqamizda, Janubi-Sharqiy Osiyoda ko‘pchilik ariza berib bo‘ldi», — deydi vazir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Myanma Qozonda o‘tkaziladigan BRIKS sammitida ishtirok etishga qiziqish bildirgan, ammo hozircha rasmiy taklif olmagan.
Sentyabr boshida Turkiya BRIKSga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy ariza bergandi, shuningdek, Ozarboyjon va Turkiya ham blokka qo‘shilish niyatida ekanini ma’lum qilgan.
BRIKS — iqtisodiy hamkorlik tashkiloti. 2001 yilda britaniyalik iqtisodchi Jim Onil jahon iqtisodini o‘rganish jarayonida bir guruh katta davlatlarda iqtisodiy tizimli o‘sishga e’tibor berib, shartli ravishda BRIK deb ataydi (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy). 2010 yilda bunga JAR qo‘shildi, bugun tashkilotda to‘qqizta davlat bor.
2023 yil 23 avgust kuni JAR prezidenti Siril Ramaposa Argentina, Eron, Saudiya Arabistoni, Misr, Efiopiya va Birlashgan Arab Amirliklariga to‘laqonli a’zo sifatida tashkilotga qo‘shilish taklifi bildirilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Argentina BRIKSga qo‘shilishdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
19:25 / 27.11.2024
Xalqaro jinoiy sud Myanma harbiy yetakchisini hibsga olish orderi berilishiga erishishini ma’lum qildi
20:22 / 26.10.2024
Myanma sobiq yetakchisining kuyovi Facebookʼdagi postlari uchun hibsga olindi
22:30 / 24.10.2024
Geosiyosiy xavotirlar muhokamasi: BRIKS sammitining bosh mavzulari nimalar bo‘ldi?
20:36 / 24.10.2024