Isroil «Hizbulloh»ning yana bir yuqori martabali komandiri o‘ldirilganini ma’lum qildi
O‘ldirilgan yuqori martabali komandir Nabil Kauk «Hizbulloh»ning ichki xavfsizlik bo‘linmasini boshqargan.
Bayrutga berilgan aviazarba oqibatida «Hizbulloh»ning yuqori martabali komandiri Nabil Kauk o‘ldirildi, deb xabar beradi Isroil mudofaa kuchlari (TsAXAL).
TsAXALning ma’lum qilishicha, «Hizbulloh» harakatiga 1980 yillarda kelib qo‘shilgan Kauk «Isroil va uning fuqarolariga, jumladan, oxirgi kunlarda amalga oshirilgan terrorchilik hujumlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri ishtirok etgan».
Ta’kidlanishicha, Kauk «Hizbulloh»ning ichki xavfsizlik bo‘linmasini boshqargan. Harakat hozircha Kaukning o‘limini tasdiqlamadi.
28 sentabrga o‘tar kechasi «Hizbulloh» tashkiloti rahbari va uning asoschilaridan biri Hasan Nasrulloh «Hizbulloh» janubiy fronti qo‘mondoni Ali Karki va boshqa «Hizbulloh» qo‘mondonlari bilan birga TsAHAL tomonidan yo‘q qilindi.
Bayrutga hujumlarning so‘nggi to‘lqini Livan poytaxtining zich joylashgan janubiy chekkasidagi ko‘plab turar joy binolarini vayron qilgan. Natijada minglab odamlar uylarini tashlab ko‘chalarga chiqishga majbur bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
16:02
Isroilning asosiy dushmanlaridan biri: Hasan Nasrulloh haqida nimalar ma’lum?
20:12 / 28.09.2024
Eron oliy rahnamosi «Hizbulloh» rahbari o‘ldirilganidan keyin xavfsiz joyga ko‘chirildi
19:19 / 28.09.2024
«Hizbulloh» rahbarini yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
17:35 / 28.09.2024