Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Ğazodagi vaziyat

Isroil armiyasi Ğazo şimolidagi uçta kasalxonaga zarba berdi. Hujumlarda «Kamol Advan» kasalxonasidagi bolalar yaralandi.

Ğazodagi Soğliqni saqlaş vazirligi boş direktori Munir Abdulla al-Burşning ma’lum qilişiça, Isroil kuçlari «Kamol Advan», «Al-Auda» va Indoneziya şifoxonalarini öqqa tutgan.

Uning sözlariga köra, hujum natijasida «Kamol Advan» kasalxonasidagi elektr generatorlari va suv idişlari zarar körgan va neonatal bölimdagi ba’zi bolalar jarohatlangan.

Al-Burş, şuningdek, Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) va Xalqaro Qizil Xoç qömitasi delegatsiyasi taşrifi çoğida şifoxonalar öqqa tutilganini ta’kidlab, Isroilning mintaqa soğliqni saqlaş tizimiga putur yetkazişga urinişlariga e’tibor qaratdi.

«Kamol Advan» kasalxonasi boş şifokori Hussam Abu Safiya yaralangan bolalardan birining ahvoli oğir ekanini aytdi. Uning qöşimça qilişiça, şifoxonada 120 nafar bemor va yarador bor, ulardan 19 nafari bola va 4 nafari yangi tuğilgan çaqaloq.

Öz navbatida, «Al-Auda» kasalxonasi rahbariyati 5 oktyabrdan beri şifoxonaga yoqilği kelmayotgani, ta’minot kamayib borayotgani, tibbiy xizmat körsatişni davom ettiriş uçun zudlik bilan dori-darmon, tibbiy buyumlar, qon, oziq-ovqat va suv zarurligini ta’kidlagan va JSST va Xalqaro Qizil Xoç qömitasini tibbiy materiallar va yoqilği yetkazib berişda yordam berişga çaqirdi.

Isroil Livanga bosqinni kengaytirmoqçi

Isroil qurolli kuçlari boş ştabi rahbari Hersi Halevi bu mamlakatda mojaroni tartibga soliş böyiça diplomatik sa’y-harakatlar davom ettirilayotganiga qaramay, harbiylar Livanga qarşi agressiya kengaytirilişiga tayyor turişlari kerakligini ta’kidlagan.

«Livanda kelişuvga erişişga doir diplomatik harakatlar bilan bir qatorda harbiy harakatlarni amalga oşiriş, jumladan yer ustidan olib borilayotgan manyovrlarni kengaytiriş va çuqurlaştiriş böyiça rejalarni işlab çiqişda davom etiş kerak. Biz bu rejalarni zaruriyatga qarab faollaştirib boramiz», — deya Halevining bayonotini keltirmoqda TSAHAL matbuot xizmati.