Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kelasi hafta Saudiya Arabistonida Ukraina va AQŞ delegatsiyalari örtasida muzokaralar bölib ötişini, unda ikki davlatning tinçlik örnatiş yölidagi hamkorligi muhokama qilinişini tasdiqladi. Zelenskiy bu haqda Bryusselda Yevropa Ittifoqi sammitida ma’lum qildi, unda Yevropa yetakçilari Rossiya agressiyasi fonida qit’a xavfsizligini keskin kuçaytirişga qaror qildi.
Foto: Getty ImagesFoto: Getty Images
Zelenskiy duşanba kuni Saudiya Arabistoniga taşrif buyurişini, u yerda bu mamlakatning amaldagi hukmdori, valiahd şahzoda Muhammad ibn Salmon bilan uçraşişi haqida yozdi. «Şundan söng mening jamoam amerikalik hamkorlar bilan işlaş uçun Saudiya Arabistonida qoladi», – deya qöşimça qildi Zelenskiy.
Avvalroq Ukraina va AQŞ delegatsiyalarining Saudiya Arabistonidagi uçraşuvi kelasi hafta seşanba yoki çorşanba kuni bölib ötişi xabar qilingandi.
Bungaça AQŞ prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff jurnalistlarga Saudiya Arabistonida Ukraina delegatsiyasi bilan uçraşuvga borişni rejalaştirayotganini tasdiqlagandi.
«Hozir biz Ar-Riyodda yoki ehtimol Jiddada ukrainaliklar bilan uçraşuvni kelişiş böyiça muzokaralar olib bormoqdamiz. Ğoya tinçlik kelişuvi va birlamçi öt oçişni töxtatiş doirasini takomillaştirişdan iborat», – deya Uitkoffning sözlarini keltiradi AFP.
Payşanba kuni Fox News telekanali muxbiri Amerika tomonidan bu uçraşuvda davlat kotibi Marko Rubio, milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi Mayk Uols va maxsus vakil Stiv Uitkoff, Ukraina tomonidan esa prezident devoni rahbari Andrey Yermak iştirok etişini yozgandi. AFP agentligi manbasi ma’lum qilişiça, Ukraina delegatsiyasi tarkibiga mudofaa vaziri Rustem Umerov ham kirişi mumkin.
Uçraşuv sanasi haqida rasman ma’lum qilinmagan, biroq AFP manbasi u Ar-Riyodda 11 mart, seşanba kuni ötkazilişi mumkinligini aytgandi (Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff ham bu kun haqida gapirgandi).
Saudiya Arabistonidagi muzokaralar Oq uyning Oval kabinetida Zelenskiy va Tramp örtasidagi tortişuvdan keyin Ukraina va AQŞ yuqori martabali amaldorlarining birinçi yuzma-yuz uçraşuvi böladi.
Öşa janjaldan söng Ukraina foydali qazilmalarini birgalikda qazib oliş böyiça şartnoma imzolanişi barbod bölgan, AQŞ esa Ukrainaga harbiy yordam körsatiş va u bilan razvedka ma’lumotlari almaşişni töxtatgandi.
«Minnatdorlik tuyğusi»
Zelenskiyning X tarmoğidagi postidan keyin Amerikaning Ukrainaga nisbatan bayonotlari ohangi biroz yumşay boşladi, ukrainlar prezidenti öz postida mojarodan afsusda ekanini va «Trampning kuçli yetakçiligi ostida» tinçlikka intilişga tayyorligini aytdi. U töğridan töğri uzr söramadi.
«Biz prezident Trampga aytganimizdek, Ukraina tez va işonçli tinçlik uçun faqat konstruktiv tarzda işlamoqda va işlaşda davom etadi», – dedi Ukraina prezidenti juma kuni.
Mavzuga oid
Bu iborani Tramp ma’muriyati a’zolarining Ukrainadan u yerda «tinçlik» deb atalayotgan narsaga sodiqligini namoyiş etişni kutayotgani haqidagi köplab bayonotlari kontekstida ham öqiş mumkin.
Juma kuni Uitkoff Trampga Zelenskiyning Kongressdagi çiqişi çoğida «maktub» deb atagan murojaati yoqqanini tasdiqladi.
«U Zelenskiyning xatini ijobiy birinçi qadam deb hisobladi. U yerda keçirim söraşdi. U yerda Qöşma Ştatlar Ukraina davlati uçun juda köp iş qilgani haqidagi iqror va minnatdorlik hissi bor edi», – dedi Uitkoff şu munosabat bilan.
Ukraina rasmiylari AQŞ prezidentiga qandaydir alohida xat yozganini tasdiqlamadi, amalda Tramp Zelenskiyning ijtimoiy tarmoqlardagi postini öqib bergan.
Bryusseldagi sammit: Orban Ukraina böyiça deklaratsiyani imzolamadi, ammo mudofaa töğrisidagi bayonot ma’qullandi
Bu orada Bryusselda Yevropa Ittifoqi yetakçilarining navbatdan taşqari sammiti bölib ötdi, uning kun tartibida faqat ikkita masala bor edi: Ukraina va Yevropaning mudofaa qobiliyati.
Uçraşuvdan biroz oldin Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen Yevropani qayta qurollantiriş rejasini – ReArm Europe’ni taklif qildi. U Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mudofaasini mustahkamlaş va Ukrainani qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş uçun 800 milliard yevro jalb qilişni nazarda tutadi.
Natijada, Yevropa yetakçilari mudofaa xarajatlarini keskin oşirişga qaror qildi va buning uçun budjet taqçilligi va qarz miqdorini çeklovçi qoidalarni yumşatiş taklifini ma’qullaşdi. Yevrokomissiya bu raqamlarda mudofaaga investitsiyalarni hisobga olmaslikni taklif qildi, uning hisob-kitoblariga köra, şu yöl bilan 600 milliard yevrogaça mablağni böşatiş mumkin.
Sammit iştirokçilari, şuningdek, Yevrokomissiyaga a’zo mamlakatlarga mudofaa maqsadlari uçun umumiy qiymati 150 milliard yevro bölgan zayomlar taklifini körib çiqişga kelişib olgan.
Şu bilan birga, Yevropa Ittifoqi sammitida Ukrainani qöllab-quvvatlaş töğrisidagi deklaratsiyani ma’qullaşning iloji bölmadi, çunki Vengriya boş vaziri, Yevropa davlatlari rahbarlari orasida Vladimir Putin bilan yaqin aloqada bölgan yagona siyosatçi Viktor Orban bunga qarşi çiqdi.
Vengriya boş vaziri Viktor Orban sammit rezolyutsiyasi matnida Ukraina haqida gap ketsa, unga veto qöyiş bilan tahdid qilgandi.
Sammit boşlanişidan oldin ham Orban Yevrokengaş raisi Antoniu Koştaga maktub yozgan va agar unda Ukraina tilga olinsa, rezolyutsiya matniga veto qöyiş bilan tahdid qilgandi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining boşqa yetakçilaridan farqli ölaroq, Orban sammitga asosiy kiriş joyidan kirmagan va şu tariqa jurnalistlarning savollaridan qoçgan.
Yakunda hujjatni Yevropa Ittifoqining qolgan barça davlatlarining 26 rahbari qöllab-quvvatladi. Unda, jumladan, Ukraina öz taqdiri böyiça muzokaralarda albatta iştirok etişi kerakligi, har qanday sulh esa Kiyev uçun xavfsizlik kafolatlari bilan uzoq muddatli tinçlikka olib kelişi aytilgan.
Aynan AQŞ tomonidan aniq xavfsizlik kafolatlarisiz vaqtinçalik sulhga rozi bölmaslik Vaşingtondagi Zelenskiy va Tramp örtasidagi tortişuvga asosiy sabab bölgandi.
Yevroittifoqning 26 davlati Ukrainani moliyaviy va harbiy qöllab-quvvatlaşni davom ettirişga tayyorligini ham bildirdi.
«Bugun biz Yevropa Ittifoqining muammoga munosib javob berayotganini, mudofaa sohasidagi Yevropani barpo etayotganini va Ukraina bilan yelkama-yelka turganini namoyiş etdik», – dedi yiğiliş raisi Antoniu Koşta jurnalistlarga.
«Yevropa bu çaqiriqni, bu qurollaniş poygasini qölga olişi kerak. Va u ğalaba qozonişi kerak», – dedi Polşa boş vaziri Donald Tusk sammitda. «Umuman olganda, Yevropa haqiqatan ham Rossiya bilan har qanday harbiy, moliyaviy, iqtisodiy qarama-qarşilikda ğalaba qozonişga qodir – biz şunçaki kuçliroqmiz», – dedi Tusk.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sammitdan söng Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Yevropa Ittifoqi sanksiyalariga uçragan rossiyaliklardan olingan 33 milliard dollardan ortiq yordamni berişini aytdi. «Ukrainada nima bölişidan qat’i nazar, biz Yevropada avtonom mudofaa kuçlarini yaratişimiz kerak», – deya qöşimça qildi u.
«Köngillilar koalitsiyasi»
Zelenskiyning Tramp bilan muvaffaqiyatsiz uçraşuvidan köp ötmay, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Londonda Yevropa yetakçilari uçraşuvini ötkazgandi, unda u Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan birgalikda Ukrainaga tinçlikparvar kuçlarni yuboriş uçun «köngillilar koalitsiyasi»ni tuziş niyatida ekanini aytdi.
Juma kuni Britaniya rasmiylari jurnalistlarga bunday koalitsiyada, asosan Yevropa va Britaniya Hamdöstligidagi «20 ga yaqin davlat» iştirok etişga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo barça iştirokçilar ham öz harbiylarini Ukrainaga jönatişga tayyor bölmaydi: ba’zilari boşqa yordam turlarini taklif qilişi mumkin.
Zelenskiy Yevropa Ittifoqi sammiti oldidan Makron bilan alohida gaplaşgan – xususan, 11 mart kuni bölib ötadigan uçraşuvda «uşbu uruşning tugaşi kontekstida işonçli xavfsizlikni ta’minlaş uçun köproq sa’y-harakatlarni taklif qilişga tayyor bölgan mamlakatlarning harbiy vakillari»ni birlaştiradigan bölajak uçraşuv haqida.
NATO boş kotibi Mark Ryutte va Polşa prezidenti Anjyey Duda Bryusseldagi matbuot anjumanida
Foto: LESZEK SZYMANSKI/EPA-EFE/REX/Shutterstock
Bryusseldagi sammit çoğida Zelenskiy Yevropa yetakçilariga ularni doimiy qöllab-quvvatlab kelayotgani uçun minnatdorlik bildirdi. U bu Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşda Ukraina yolğiz emasligini anglatişini ta’kidladi.
«Biz yolğiz emasligimizdan juda minnatdormiz. Va bu şunçaki sözlar emas», – dedi Zelenskiy Yevrokomissiya rahbari va Yevrokengaş raisi yonida turib.
Yevropa Ittifoqi yetakçilari bilan uçraşuvdan söng e’lon qilgan postida Zelenskiy Yevropaga yana bir bor minnatdorçilik bildirdi va Yevropa davlatlarining tinçlik jarayoni uçun muhimligini ta’kidladi.
«Ukraina, albatta, tinçlik rejalari va muzokaralar jarayonining barça tafsilotlarini butun Yevropa bilan baham köradi. Yevropaning [bizga] yordam beradigan har bir millati iştirok etişi kerak», – deb yozdi u.
Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta 26 fevral kuni, ya’ni Oq uyning Oval kabinetida Volodimir Zelenskiy va Donald Tramp örtasidagi tortişuv va undan keyin AQŞning harbiy yordami töxtatilişidan oldin Yevropa Ittifoqi yetakçilarining sammitini çaqirdi.
Bu AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vensning Myunxendagi xavfsizlik böyiça konferensiyadagi nutqidan keyin qit’aning mudofaa qobiliyatini muhokama qilişga qaratilgan Yevropa yetakçilarining uçinçi uçraşuvi böldi. Vens öşanda Yevropa öz xavfsizligi haqida özi qayğurişi va AQŞga kamroq işonişi kerakligini aytgandi.
Köp ötmay, dastlab Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, keyin esa Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer Yevropaning ayrim davlatlari yetakçilarini tegişli Parij va Londonga yiğdi.