Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada kuchli zilzila ro‘y berdi
Nemis Geologiya fanlari tadqiqot markazi (GFZ) xabariga ko‘ra, dushanba kuni soat 22:48 da Turkiya g‘arbida magnitudasi 6,1 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi, deb yozadi Reuters.
GFZ ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila episentri 10 km chuqurlikda bo‘lgan. Turkiyaning Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar agentligi (AFAD) esa zilzila episentri Baliqesir viloyatidagi Sindirgi shahriga to‘g‘ri kelganini va 5,99 kilometr chuqurlikda joylashganini ma’lum qildi.
Silkinishlar Istanbul, Izmir, Bursa, Manisa va mamlakatning boshqa hududlarida ham kuzatildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vayron bo‘lgan binolar bor, jabrlanganlar haqidagi ma’lumot aniqlanmoqda.
Dastlabki zilziladan bir necha daqiqa o‘tgach, magnitudasi 4,2 bo‘lgan aftershok (keyingi silkinish) qayd etildi.
Turkiya yirik tektonik yoriqlar ustida joylashgan va o‘z tarixi davomida kuchli seysmik faollikni boshdan kechirib kelgan. Dunyodagi eng seysmik faol zonalardan biri — Shimoliy Anatoliya yorig‘i — mamlakatning shimoliy qismi, Marmar dengizi mintaqasiga yaqin hududdan o‘tadi, bu yerda Istanbul joylashgan.
2023 yilda magnitudasi 7,8 bo‘lgan zilzila Turkiyada 53 mingdan ortiq insonning hayotiga zomin bo‘lgan, mamlakatning janubiy va janubi-shimoliy sharqdagi 11 viloyatida yuz minglab binolar vayron yoki shikastlangan. Qo‘shni Suriyaning shimoliy hududlarida yana 6000 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026