Jahon | 10:00 / 29.10.2025
7305
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi aeroportda 61 kg oltinni noqonuniy olib o‘tmoqchi bo‘lgan 5 nafar o‘zbekistonlik ushlandi

Nevshehir (Turkiya) Kappadokiya aeroportida qiyma va xamir qorish mashinalari ichiga yashirilgan 61 kg 121 g noqonuniy oltin topildi. Tezkor tadbirda 6 kishi ushlandi, ulardan 5 nafari O‘zbekiston fuqarosi. Oltinning qiymati taxminan 132 mln lira deb baholandi. 

Foto: habererk.com

Kontrabandaga qarshi kurash va politsiya xodimlari xorijdan Istanbul orqali Kappadokiya aeroportiga kelgan guruhni kuzatib, chamadonlaridagi qiyma va xamir qorish mashinalarini tekshirganda, detallari ichiga eritilgan holda yashirilgan oltinni aniqladi

Jami 61 kg 121 g oltin ashyoviy dalil sifatida olindi, 6 kishi hibsga olindi. 

Mahalliy OAVda xabar qilinganidek, ushlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ham bor. Tergov harakatlari davom etmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid