Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtoelon.uzʼdagi rasmiy dilerlar biznesga foyda keltiradi va xaridorlarga yangi mashinani qulay shartlarda sotib olishda yordam beradi
Avtobiznes vakillari va xaridor bo‘lishga qiziqayotgan shaxslar bir-birini tezroq topishi uchun nimalar qildik?
Tasavvur qiling: siz tadbirkor bo‘lib, avtomobil sotmoqchisiz. Buning uchun sifatli mijozlar oqimi zarur. Endilikda tasavvur qiling: siz avtomobil ishqibozisiz va aatosalondan yangi mashina xarid qilmoqchisiz. Mashina tanlash uchun markalarni, modellarni solishtirib, dilerlarning takliflarini baholashingiz kerak.
Avtoelon.uz har oyda 2 million sotuvchi va xaridorning o‘zaro aloqaga kirishishiga ko‘maklashadi. Qidiruvni osonlashtirish va aynan avtosalonlardan yangi avtomobillarni xarid qilishda yordam berish maqsadida, biz yangi "Rasmiy dilerlar" bo‘limini ishlab chiqdik va ishga tushirdik. Yangi bo‘limning ahamiyati shundaki, dilerlarga ko‘plab manfaatdor mijozlarga yo‘l ochib beramiz. Shu bilan birga, odamlarga o‘z orzularini ro‘yobga chiqarish va avtosalondan qulay shartlarga ega yangi mashina sotib olish imkoniyatini taqdim etamiz.
"Rasmiy dilerlar" bo‘limida qanday imkoniyatlar paydo bo‘ldi?
Bo‘lim O‘zbekistondagi rasmiy dilerlardan yangi avtomobillar haqidagi barcha dolzarb ma’lumotlarni bir joyga jamlaydi.

Oddiy voqea: men Samandarman, yangi BYD avtomobilni orzu qilaman, lekin uni qayerdan va qanday sotib olishni bilmayman. Amakim Avtoelon.uz saytidan onlayn qidirishni maslahat berdi. Birinchi e’tibor bergan narsam — bosh sahifada yangi "Rasmiy dilerlar" bo‘limi paydo bo‘lgani bo‘ldi. Uni tanlaganimda, filtrli qidiruv va qulay dizayndagi e’lonlar lentasi ochildi. Avtomobil haqidagi barcha ma’lumotlar, jumladan, qulay sotib olish imkoniyatlari ham darhol ko‘zga tashlanadi. Rasmlar kattaroq bo‘lib, ularni galereyada osongina varaqlash mumkin. Hammasi bitta lentada: yangi avtomobillar, to‘lov shartlari bo‘yicha turli takliflar. Divanda bemalol o‘tirib, choy ichgancha narxlarni solishtirib, o‘ziga mos variantni tanlash mumkin.
Yangi avtomobilning e’lon kartochkasi qanday ko‘rinishga ega?
1. Yonilg‘i turi, privod, mavjud ranglar va uzatmalar qutisi xususiyatlari.
2. Jihozlanish darajalari haqida ma’lumot.
3. Aynan shu modelni sotadigan barcha avtosalonlar (O‘zbekistonning turli shaharlaridan).
4. Oylik to‘lov hisoblagichi.
Oylik to‘lov hisoblagichi — bu yangi imkoniyat, shu jumladan avtodilerlar uchun ham. Hisoblagich ariza topshirish shakli bilan birlashtirilgan. Arizalar to‘g‘ridan to‘g‘ri menejerga yetib boradi.
Bu nima uchun samarali?
"Rasmiy dilerlar" bo‘limiga odamlar yangi avtomobil sotib olish maqsadida tashrif buyurishadi. Bu maqsadli trafik bo‘lib, tegishli arizalarni keltiradi. Avtodilerlarning fikr-mulohazalariga ko‘ra, buyurtmalar sifati sezilarli darajada yaxshilandi. Shu bilan birga, biz avtodilerlarga o‘z platformalarimiz va marketing vositalari orqali imijini rivojlantirishda ko‘maklashamiz.
Avtoelon.uz "Rasmiy dilerlar" bo‘limini yanada takomillashtirish bo‘yicha ulkan rejalarga ega.
Birinchidan, alohida dilerlik markazlarining shaxsiylashtirilgan qulay to‘lov imkoniyatlari. Bu potensial xaridorlarga yangi avtomobilni tezroq va samaraliroq topishga yordam beradi.
Ikkinchidan, Avtoelon.uz ilovasida sun’iy intellektga asoslangan tavsiya tizimi va yangi avtomobillar uchun video sharhlar faol ishlab chiqilmoqda.