Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy prezident ofisi rahbari lavozimiga nomzodlarni ma’lum qildi
Ukraina mudofaa vaziri Shmixal, Raqamli rivojlanish vazirligi rahbari Fedorov, Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) rahbari Budanov, prezident devoni rahbarining o‘rinbosari Palisa va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kislitsa - Zelenskiy tomonidan Andrey Yermak o‘rniga prezident ofisi rahbari lavozimiga ko‘rib chiqilayotgan nomzodlar.
Foto: REUTERS/Louisa Gouliamaki
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy dushanba, 8 dekabr kuni onlayn-brifingda prezident devonining iste’foga chiqqan rahbari Andrey Yermak o‘rniga ko‘rib chiqilayotgan nomzodlarni ma’lum qildi. Ukraina OAV xabariga ko‘ra, ular orasida Ukraina mudofaa vaziri Denis Shmixal, Raqamli transformatsiya vazirligi rahbari Mixail Fedorov, Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov, prezident devoni rahbarining o‘rinbosari Pavel Palisa va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Kislitsa bor.
Zelenskiy ta’kidlashicha, Shmixal va Fedorov nomzodlari bilan bog‘liq “qiyinchilik” shundaki, ularni yangi lavozimga tayinlashdan oldin Rada hozirgi mansabidan ozod etishi kerak bo‘ladi. «Va bu yerda shu narsani istamaysanki, xuddi o‘sha “Jyenga” o‘yinidagidek bo‘lib qolsa: bitta detalni sug‘urib olsang — hammasi yemirilib tushadi», — deb tushuntirdi Ukraina rahbari.
U, shuningdek, raqamli transformatsiya vazirligida «Fedorov o‘rniga kim bo‘lishi mumkinligini bilmasligini» qo‘shimcha qildi. Shmixal nomzodi haqida so‘zlar ekan, Zelenskiy Mudofaa vazirligi «birinchi raqamli ustuvor yo‘nalish» ekanini ta’kidlab, «Rada uning (Shmixalning) o‘rniga mudofaa vaziri lavozimiga munosib nomzod topa olish-olmasligiga ishonchimiz komil emas», dedi.
Zelenskiy so‘zlariga ko‘ra, xuddi shunday muammo Kirill Budanovni prezident devoni rahbari etib tayinlash masalasida ham paydo bo‘ladi. «Budanov razvedkaga boshchilik qiladi, GUR — juda muhim yo‘nalish. U har bir nomzod singari prezident devoni rahbari bo‘lishi mumkin, lekin o‘ylab ko‘rish kerak: axir u hozir razvedka bilan shug‘ullanadi, demak, u holda GURda uning o‘rnini kim egallashini aniqlab olish lozim», — deya Ukraina prezidentining fikrlarini keltiradi «Ukrinfo» agentligi.
Zelenskiyning ta’kidlashicha, Pavel Palisa — «juda yaxshi harbiy». «U aynan shu yo‘nalishni juda yaxshi biladi. Men ishonamanki, vaqt o‘tishi bilan u boshqa masalalarni ham puxta o‘zlashtiradi, ammo hozircha, menimcha, unga shu jihatlar sal yetmaydi, u yana urush bilan bog‘liq masalalarga chalg‘ib qolishi mumkin», — deb tushuntirdi Ukraina prezidenti.
28 noyabr kuni Vladimir Zelenskiy avvalgi prezident devoni rahbari Andrey Yermakni vazifasidan ozod etdi. Bundan oldin Yermak korrupsiya mojarosi va uyida o‘tkazilgan tintuvlar fonida iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza yozgan edi.
Andrey Yermak 2020 yil fevral oyidan beri Ukraina prezidenti devonini boshqarib kelardi. U Zelenskiyning eng muhim hamkorlaridan biri, davlat rahbaridan keyin mamlakatda ta’sir kuchiga ko‘ra ikkinchi shaxs sifatida ko‘rilardi.
Mavzuga oid
10:00
Zelenskiy: AQSh tinchlik rejasi 28 banddan 20 bandgacha qisqartirildi
09:53
Politico: AQSh Ukraina Rossiyaga butun Donbassni berishini xohlamoqda
22:17 / 08.12.2025
Dunyodagi eng yirik yuk samolyoti Toshkentga qo‘ndi
12:25 / 08.12.2025