AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğida AQŞ harbiylari tomonidan qölga olingan Venesuela yetakçisi Nikolas Maduroning suratini e’lon qildi.

Tramp Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Flores Nyu Yorkka yetkazilişini ma’lum qilgan. Uning sözlariga köra, surat olingan vaqtda ular «Ivodzima» aviataşuvçisidagi vertolyot bortida bölişgan.
3 yanvarga ötar keçasi AQŞ Venesuelada harbiy operatsiya ötkazdi – aviatsiya kuçlari poytaxt Karakasda, şuningdek, Miranda, Aragua va La-Guayr ştatlaridagi nişonlarga ketma-ket zarbalar bergan, maxsus topşiriqli bölinmalar esa Venesuela prezidenti Nikolas Maduro hamda uning rafiqasi Siliya Floresni qölga olib, vertolyotda mamlakatdan olib çiqib ketgan.
AQŞ boş prokurori Pem Bondi Nikolas Maduro va Siliya Floresga nisbatan rasmiy ayblov e’lon qilinganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, ularga nisbatan narkoterrorizm, kokain taşiş, noqonuniy ravişda qurol-yaroğ saqlaş hamda Qöşma Ştatlarga qarşi pulemyotlar va portlovçi qurilmalarni saqlaş ayblovlari e’lon qilingan.
CNN telekanali manbalariga köra, amerikalik harbiylar yarim tunda Maduro va uning rafiqasi uxlab yotgan uyga bostirib kirgan hamda ularni yotoqxonada qölga olgan.
Hozirda AQŞ hukumati ularni Nyu Yorkka olib boriş rejasini işlab çiqmoqda, u yerda ular Manhetten federal sudi oldida javob berişadi.
ABC News xabariga köra, Maduro Nyu Yorkka olib borilişidan oldin Guantanamodagi harbiy bazaga yetkaziladi. Şundan keyin u FQB samolyotida Nyu Yorkka olib ketiladi.













