AQŞ prezidenti Donald Tramp Fox News telekanali orqali çiqişi çoğida Venesueladan söng Meksika bilan ham şuğullanişiga töğri kelişi mumkinligini aytdi.
«Meksika prezidenti yaxşi ayol, lekin mamlakatni boşqarmayapti. Meksikani kartellar boşqaryapti», — dedi u.
Oq uy rahbari uşbu vaziyatda nimadir qilişiga töğri kelişini aytdi.
3 yanvar kuni ommaviy axborot vositalarida AQŞ Venesuela hududida harbiy zarbalar berganini, Karakasda portlaşlar, pastdan uçgan havo kemalari ovozi, qora tutun va ayrim joylarda elektr uzilişi qayd etilgani xabar qilindi.
Keyinroq AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social’da Maduro va uning rafiqasi “qölga olinib, mamlakatdan olib çiqib ketilgani”ni yozdi.










