AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putindan tobora köproq hafsalasi pir bölmoqda va uni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan köra Ukrainadagi tinçlik uçun katta tösiq deb hisoblamoqda. Bu haqda The Telegraph manbalarga tayanib yozdi.

Naşr suhbatdoşlariga köra, Rossiya bayroği ostidagi neft tankerining qölga olinişi va sanksiyalar töğrisidagi yangi qonun loyihasining qöllab-quvvatlanişi Putinga uruşni töxtatiş vaqti kelgani haqidagi signallardir.

«U qamçi va şirin kulça prinsipi böyiça harakat qiladi. Öylaşimça, unda şirin kulça umuman qolmadi», dedi AQŞ prezidentining yaqin atrofidagi manba.

Yana bir manbaning qöşimça qilişiça, Trampni Rossiyaning muzokaralardagi «ikki qadam oldinga - bir qadam orqaga» taktikasi tobora köproq ğazablantirmoqda.

«Rossiyaliklarning «ikki qadam oldinga - bir qadam orqaga» taktikasini qöllaşi ma’muriyatni çarçatdi: ular kelişuvlarga tayyor körinadi, keyin esa biz kutgan savollar paydo bölganda yo vaziyatni keskinlaştiradi yoki umuman suhbatni töxtatadi», deb tuşuntirdi AQŞ rasmiylaridan biri.

AQŞ amaldagi va sobiq amaldorlari jurnalistlarga Tramp ma’muriyatining pozitsiyasi Yevropa bilan tobora yaqinlaşib borayotganini aytdi: Putin şunçaki vaqtni çözmoqda.

«Putinning doimiy şafqatsizligi, makkor xatti-harakatlari va manipulyatsiyalari ma’muriyat e’tiboridan çetda qolmayapti», dedi u.

Avvalroq, Tramp Putin ham, Zelenskiy ham hozir tinçlik bitimi tuzişni xohlayotganini aytgan edi. Uning sözlariga köra, muzokaralar jarayoni ikki tomonning pozitsiyalari tufayli bir neça bor boşi berk köçaga kirib qolgan. Şu bilan birga, Amerika yetakçisining fikriça, ikkala tomon ham kelişuvlarga erişişdan manfaatdor bölişi mumkin. Şunga qaramay, u uruş tugaşi mumkin bölgan har qanday muddatni aytişdan boş tortdi va tinçlikka erişiş uçun muddatlarni oşkora e’lon qiliş odatidan voz keçdi.