O‘zbekistonda 2026 yil 1 apreldan boshlab bir qator to‘lovlar faqat naqdsiz shaklda qabul qilinadi. Bu prezidentning 2025 yil 10 dekabrda imzolangan «Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektromobillar uchun zaryadlash bo‘yicha xizmatlar faqatgina bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Ya’ni, «zapravka»lar 1 apreldan boshlab naqd pulda to‘lovlarni qabul qilmasligi belgilanmoqda. 

Farmon respublikada naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan.

Ta’kidlash joiz, ushbu hujjat bilan mamlakatda naqd pulga uy-joy, avtomobil oldi-sotdisi ham bekor qilinmoqda.