16 Iyul

Buxoro viloyati Jondor tumanida o‘ziga tegishli bo‘lgan yerning 70 sotixini 2 ming AQSh dollariga sotayotgan fermer ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining «Buxoro viloyatida qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi. 

15 Iyul

O‘zbekiston bo‘ylab kitobxonlik targ‘ib qilinayotgan bir paytda, kutubxonalardagi sharoitlar masalasi kishini o‘ylantiradi. Masalan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyati markaziy kutubxonasi bugun avariyaviy holatda. Yoshlar va tadqiqotchilar jazirama va qahraton kunlarda bu yerga kirib xotirjam kitob o‘qiy olmaydi. Kitoblarni yaxshi saqlash uchun ham sharoit yo‘q.

2021 yilning 14 iyul kuni Pokiston Islom Respublikasining «All Pakistan Textile Mills Association» (APTMA) fabrikalar tarmog‘i ishbilarmonlar delegatsiyasi Buxoroda bo‘ldi va viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

14 Iyul

Soliqchilar “obnal ishi” bo‘yicha yana bitta sudda yutqazdi. Tadbirkor Firuz Allayev soliq organlari bilan sudlashuv jarayoni va undan olgan xulosalari haqida hikoya qilib berdi.

O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi, «Qorako‘l maktabi» asoschisi To‘xtamurod Jumayev 76 yoshida vafot etdi.

«O‘zgidromet» 15 iyul kuni kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida haydovchilik guvohnomasini olib berishini aytib, fuqarodan  2,45 million so‘m olgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Buxoroda fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan universitet o‘qituvchisi va uning sherigi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

2021 yilning 6 oyida DXA Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda aholi va tadbirkorlarga davlat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha 8 680 ta qonunbuzilish holatiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

12 Iyul

«O‘zgidromet» 12-16 iyul kunlari O‘zbekistonda kuzatilishi kutilayotgan ob-havo ma'lumotini taqdim etdi.

Buxoro tumanida joylashgan 6 sotix yerni E-AUKSION orqali 30 000 AQSh dollariga olib bermoqchi bo‘lgan «O‘zshaharsozlik LITI» DUK Buxoro filiali arxitektori ushlangan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top