12 Aprel

11 aprel kuni soat 06:25 da Farg‘ona viloyati Quvasoy shahar «Ziynat» MFY, Azizov ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylardan birida chaqnash sodir bo‘lgan.

11 Aprel

«O‘zgidromet» 12 aprel, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

10 Aprel

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi shifobaxsh o‘simliklar yetishtirish va qayta ishlashga ixtisoslashgan «Mehrigiyo» kichik korxonasida 200 dan ortiq shifobaxsh choy, sharbat va asalli mahsulotlar tayyorlanmoqda.

«Yosh kitobxon» tanlovining respublika bosqichida 10-14 yoshlilar toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Muhammadfozil Ismoilov qishlog‘ida tantanali kutib olindi. Unga prezident sovg‘asi «Spark» avtomobili topshirildi.

«Fuqaroning shaxsini aniqlashga zarurat tug‘ilsa, o‘sha joyning o‘zida buning imkoni bo‘lmasa, ichki ishlar xodimi uni idoraga taklif qiladi. Bu – qonuniy talab. Fuqaro buni bajarishi kerak. Masalaning boshqa jihati, xodim fuqaroga bu talabini qanday tushuntirishi. Shu nuqtada nizoli vaziyatni keltirib chiqarmaslik xodimning tajribasiga, saviyasiga bog‘liq», – dedi IIV matbuot kotibi.

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i ko‘ra, Usmonov Avazbek Tolmasovich respublika Sog‘liqni saqlash vazirligining Davolash-profilaktika yordamini tashkillashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari - Birlamchi tibbiy profilaktika yordamini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

9 Aprel

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani tibbiyot birlashmasi xodimlari yer va mol-mulk soliqlarini to‘lashga majburlanayotgani, buning uchun xodimlarning ish haqlari to‘lig‘icha soliq uchun ushlab qolinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. 

Ishlatib bo‘lingan, yaroqsiz batareykalarni yig‘ish uchun maxsus konteynerlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda «O‘zeltexsanoat» uyushmasi xabar berdi.

Bir hafta ichida ikki nafar erkak IIB idorasida bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng ko‘p o‘tmay vafot etdi. Vazirlik har ikki holatda ichki ishlar xodimlarining aybi yo‘qligini aytmoqda. Biroq ijtimoiy tarmoq faollari bunga ishonchsizlik bilan qarashmoqda.

8 Aprel

Rossiya Federatsiyasining Veterinariya va fitosanitariya nazorati bo‘yicha federal xizmati (Rosselxoznadzor) Farg‘ona viloyatidan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan vaqtincha taqiqni olib tashladi.

Gul yetishtirib ro‘zg‘or tebratayotgan oilalar yurtimizda ko‘p. Lekin tomda ham gul yetishtirish mumkinligiga ishonasizmi? Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanidagi Yo‘ldoshevlar oilasi ushbu hunar orqasidan 70-80 mln so‘m yillik daromad topmoqda.

Ko`proq yangiliklar
Top